OCHL. Mane va Otavio "Istiqlol"ga qarshi o'ynamaydi
02 okt 2023 14:15
Yangiliklar
OCHL. Mane va Otavio "Istiqlol"ga qarshi o'ynamaydi
Krishtianu Ronalduning esa bo'lajak bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.
"Al Nassr" futbolchilari Sadio Mane va Otavio Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Istiqlol"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.
Klubning portugaliyalik bosh murabbiyi Luish Kashtru turnirdagi legionerlar limitiga muvofiq, Tojikiston jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgan besh nafar legionerni aniqladi.
Unga ko'ra, Krishtianu Ronaldu, Marselo Brozovich, Emerik Lyaport, Anderson Taliska va Seko Fofana qaydnomadan o'rin olgan.
Qayd etilishicha, murabbiy senegallik hujumchiga dam berishga qaror qilgan, Otavioning esa jarohati mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar