"Manchester Yunayted" Regilon bilan kelishuvga erishdi
01 sen 2023 00:39
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Regilon bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, mankunianliklar "Tottenxem" bilan 26 yoshli himoyachini sotib olish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. "Yunayted" futbolchini ijaraga oladi, hozirda u yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Qayd etilishicha, kelishuv "Manchester Yunayted"ga yanvar oyida futbolchining ijarasini bekor qilish imkonini beruvchi variantni o'z ichiga oladi. Oldinroq malum bo'lishicha, "CHelsi" ushbu band tufayli Mark Kukurellyani "Yunayted"ga qo'ymagandi.
26 yoshli futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 10 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar