"Manchester Yunayted" Milinkovich-Savichni yozdagi transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda
28 mar 2022 10:38
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Milinkovich-Savichni yozdagi transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni yozdagi transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.
Angliyaliklar o'tgan yozda serb bilan shartnoma imzolashga urinishgan edi, ammo muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. "Lacio" xo'jayini transfer uchun 100 mln evrodan ko'p talab qildi.
Milinkovich-Savichning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum "Lacio" tarkibida barcha musboaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar