"Manchester Yunayted" ilk turda qiyinchilik bilan "Lester"ni mag'lub etdi
11 avg 2018 01:51
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" ilk turda qiyinchilik bilan "Lester"ni mag'lub etdi
Manchester United Paul Pogba - 3', Luke Shaw - 83' |
Premier League . 1-tur 11/08/2018, 00:00 1
:
2
Tugadi
|
Leicester City Jamie Vardy - 90' |
Stadion: Old Trafford, 74439 tomoshabin
Bosh hakam: Andre Marriner
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hisob ochildi. Bu pallada Ben Amarti o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi. Bundan Pol Pogba unumli foydalandi.
SHundan keyin "Lester" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo David De Xea raqib hujumchisi Meddisonning yaqin masofadan bergan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi bo'lim davomida "tulkilar"ning kichik ustunligi sezilib turdi. Biroq MYU himoyasi ishonchli o'yin ko'rsataverdi. Birinchi bo'limning katta qismi zerikarli suratda o'tdi.
Ikkinchi bo'limda vaziyat tenglashdi. Goh u, goh bu tomon hujumlarga o'tdi. Ammo qaysidir manoda kichik ustunlik mankunianliklar tomonida bo'ldi.
Romelu Lukaku o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
Ikkinchi bo'lim yakunlanib borayotgan bir vaqtda MYUning yana bir hujumi o'z samarasini berdi. Bu pallada MYUning chap qanot himoyachisi Lyuk SHou raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Lekin bu bilan barchasi tugamadi. Qo'shimcha vaqtlarda Jeymi Vardi kulgili gol muallifiga aylandi.
Manchester Yunayted – Lester 2:1
11 avgusta, 00.00, "Old Trafford"
Gollar: 1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 SHou, 2:1 – 90 Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, SHou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).
Lester – SHmeyxel, Maguayr, Morgan, CHiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adrien Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.
Ogohlantirish: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).
Fikrlar