So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

MYU va "Arsenal" o'rtasidagi qiziqarli kechgan bahs jangovar durang bilan yakunlandi Yangiliklar

MYU va "Arsenal" o'rtasidagi qiziqarli kechgan bahs jangovar durang bilan yakunlandi

APL 7-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib bordik.

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 1:1

"Old Trafford"

Gollar: Skott MakTominey (45) - Per-Emerik Obameyang (59).

"Manchester Yunayted: De Xea, Maguayr, Tuanzebe, Yang, Lindelyof, Pereyra, Maktominey, Jeyms, Pogba, Lingard, Reshford.

"Arsenal": Leno, CHembers, Papastatopulos, David Luiz, Kolashinac, Genduzi, Jaka, Torreyra, Pepe, Obameyang, Saka.


Manchester United

Scott McTominay - 45'

Premier League . 7-tur

01/10/2019, 01:00

1
:
1
Tugadi

Arsenal

Pierre-Emerick Aubameyang - 58'

Stadion: Old Trafford, 73201 tomoshabin

Bosh hakam: Kevin Friend

45'
90'
27'  Marcus Rashford
32'  Andreas Pereira
41'  Ashley Young
45'  Scott McTominay
45'  Marcus Rashford
68'  Jesse Lingard
74'  Jesse Lingard (Fred)
74'  Andreas Pereira (Mason Greenwood)
10'  Calum Chambers
55'  Lucas Torreira (Daniel Ceballos)
58'  Pierre-Emerick Aubameyang
58'  Bukayo Saka
74'  Nicolas Pepe (Reiss Nelson)
77'  Granit Xhaka
80'  Bukayo Saka (Joseph Willock)


O'YIN YAKUNLANDI!

91. Bahsning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Zarbalar bo'yicha MYU ustun (13-8), ammo aniqlik borasida londonliklarda holat yaxshiroq (4-3).

80. Emeri Bukayo Saka o'rniga Jo Uilookni maydonga tushirdi.

77. Navbatdagi sariq kartochka "to'pchilar"ning yangi sardori Granit Jakaga ko'rsatildi.

74. Har ikkala jamoada ham o'zgarishlar: Lingard - Fred, Pereyra - Grinvud va Pepe o'rniga Nelson.

72. Ha aytganday, biroz avval Genduziga qarshi ishlatgan qo'polligi tufayli Lingard sariq kartochka olgan edi.

70. Skott burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga kiritgan holda dubl qayd etishi mumkin edi. Biroq, uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

- O'zingiz ko'ring. Hisob tenglashtirilgan vaziyatda hech qanday ofsayd yo'q edi. VAR hakamning xatosini bartaraf etdi.

65. "Arsenal" hujumlarga zo'r bermoqda. MYU ham "to'pchilar"ga shunchaki kambek qilish imkoniyatini bermoqchi emas.

59. GOOOOOOOOL!!!! Per-Emerik Obameyang birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi. VAR hakamning xatosini to'g'irladi.

58. "Arsenal"ning gabonlik futbolchisi gol urdi. Ammo, hakam toza golni hisobga olmayapti?!

55. "Arsenal" safida o'zgarish. Emeri Torreyraning o'rniga Sebalosni maydonga tushirdi.

50. "To'pchilar" vaziyatni o'nglashga harakat qilgan holda, to'pga ko'proq egalik qilishmoqda.

- Bu esa gol urilgan vaziyat.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

TANAFFUS

45. GOOOOOOOL! Skoottttt Maktomineyyy! Ajoyib gol! "Qizil iblislar" futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasini Leno shunchaki kuzatib qoldi.

43. Xavfli vaziyat! Reshford birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Sokratis undan yaxshiroq o'ynadi va xavfni bartaraf etdi. Ingliz futbolchisida hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgan edi.

41. Genduziga ishlatgan qo'polligi sabab Eshli Yangga sariq kartochka ko'rsatildi.

36. O'yin muxlislar o'rindig'idan mana shunday ko'rinadi.

32. Sariq kartochka! Pepega qarshi Maktominey, Genduziga qarshi Pereyra qo'pollik ishlatda. Hakam faqatgina Pereyraga sariq kartochka ko'rsatdi.

30. "Arsenal"da ham ilk zarba. Ammo... Pepening jarima maydonchasi tashqarisida bergan zarbasi ancha balanddan o'tib ketdi.

29. Ilk zarba! "Manchester Yunayted" futbolchisi Pereyra jarima maydonchasiga kiraverishda zarba berdi. Leno esa bir amallab to'pni qaytardi.

27. Reshford hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi". Angliya terma jamoasi futbolchisi to'pga birinchi bo'lib etib borishda Sokratisga imkoniyatni boy berdi va yakunda uning oyog'iga tepib yubordi.

23. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "qizil iblislar" tarafida (69%-31%)

17. Qiziq! Hali hech bir jamoa darvoza tomon zarba bermadi. Ha, yomg'irda o'ynash ikki karra qiyinlashadi.

15. Manchesterda kuchli yomg'ir yog'moqda. Bu o'yinning tempiga tasir ko'rsatadi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha esa jamoalar ancha faol.

10. Dastlabki sariq kartochka mehmonlar himoyachisi CHembersga ko'rsatildi. Futbolchi raqibning qarshi hujumini buzib qo'ygani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

8. Ilk xavfli vaziyatni MYU yaratdi. Deniel Jeyms jarima maydonchasi ichiga kirib borib zarba berdi. Himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

5. Bahs ancha yuqori tempda boshlandi. Ikki jamoa ham ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum championat.asia kuzatuvchilari. Tez orada boshlanadigan "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика