"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
14 sen 2023 12:51
Yangiliklar
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
"Ko'p yillar davomida hayotimning bir qismiga aylangan futbol bilan xayrlashishga to'g'ri keladigan vaqt keldi. Men ushbu ajoyib sport turidan eng yuqori darajada zavqlanish baxtiga muyassar bo'ldim, bu menga abadiy xotiralarni taqdim etdi. Faoliyatimda u yoki bu tarzda ishtirok etgan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman.
Muxlislar menga doimo ko'rsatgan mehr va minnatdorchilikni hech qachon unutmayman. Rahmat, futbol! Xayr", – dedi Nolito.
Mashhur futbolchi so'nggi mavsumni "Ibica"da o'tkazdi. SHuningdek, u "Barselona" (5 o'yin, 1 gol) va uning ikkinchi jamoasi "Benfika" (63 o'yinda 16 gol va 12 golli uzatma), "Granada" (17 o'yinda "3+2"), "Selta" (182 o'yinda "52+31"), "Manchester Siti" (30 o'yinda "6+5") va "Sevilya" (79 o'yinda "15+13"). Nolito Ispaniya terma jamoasi safida 16 ta o'yinda 6 ta to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar