So’nggi yangiliklar

14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  2 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  0 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  6 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  0 12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  5 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  3 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  5 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  18 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5

"Manchester Siti" ko'plab moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda Yangiliklar

"Manchester Siti" ko'plab moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda

Klub Angliya Premer-ligasining bir qator moliyaviy qoidalarini buzgani aytilyapti.

Takidlangan qoidabuzarliklar 2009-10 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsumgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. "SHaharliklar" liga qoidalarini buzgan bo'lib, klubning moliyaviy ahvolini to'g'ri va adolatli ko'rsatuvchi to'g'ri moliyaviy malumotlarni bermagan. Liga daromadlar bilan bog'liq aniq moliyaviy malumotni talab qiladi. 

Ro'yxatdagi qoidabuzarliklarning ikkinchi to'plami ligaga azo klub tomonidan 2009/10 va 2012/13 mavsumlar oralig'ida bosh murabbiy bilan tuzilgan shartnomalarda uning ish haqi to'g'risidagi aniq malumotlarning kiritilmagani ko'rsatilmoqda. 2009 yil dekabridan 2013 yilning mayigacha "Man Siti"ni Italiya terma jamoasining amladagi bosh murabbiyi Roberto Manchini boshqargan. SHuningdek, Ikkinchi to'plashga 2010/11 yilgi mavsumdan 2015/16 yilgi mavsumgacha bo'lgan davrda o'yinchilarning maoshi bilan bog'liq aniq malumotlarning taqdim etilmagani qayd etilgan.

Uchinchi bo'lim 2013/14 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsum oralig'ida UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilishni talab etuvchi Premer-liga qoidalaridir.

"Manchester Siti" yuqorida sanab o'tilgan qoidabuzarliklaridan tashqari daromadlar va moliyaviy barqarorlik to'g'risidagi va Premer-liga bilan hamkorlik qilish hamda tergovlarga yordam berishni talab qiluvchi qoidalarni buzgani aniqlangan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика