So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  18 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Maksim SHackix: "Qosimov bilan gaplashdim va Toshkentga boraman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Qosimov bilan gaplashdim va Toshkentga boraman"

27 va 29 may kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasining Ummon bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan xabaringiz bor.
Rejaga ko'ra, ushbu o'yinlarning birida terma jamoada ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan uch nafar futbolchi o'zlarining xayrlashuv uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Gap Ulug'bek Baqoev, Viktor Karpenko hamda ko'p yillar davomida terma jamoa etakchisi va sardori sifatida faoliyat yuritgan Maksim SHackix haqida bormoqda. Bu borada Mirjalol Qosimov bilan bog'langanimizda ham,terma jamoamiz ustozi malumotni rasman tasdiqladi.

SHundan so'ng, biz ayni mavzu yuzasidan ayni paytda Ukrainaning Goverla klubida to'p tepayotgan hamyurtimiz Maksim SHackix bilan bog'landik. Biz bilan suhbatda Super Maks unga taklif bo'lganini va Toshkentga kelishga tayyorgarlik ko'rayotganini malum qildi.

Ha, bu mavzuda kecha Mirjalol bilan telefonda gaplashdik. Taklifni eshitish juda yoqimli bo'ldi. Hozir Vatanga borish taraddudini ko'ryapmiz. Oila azolarimning ham Toshkentga borishmaganiga ancha bo'lgandi. Bu kunni orziqib kutyapman. Fursatdan foydalanib, milliy terma jamoada xayrlashuv uchrashuvi tashkil etib berayotgani uchun O'FF rahbariyati va shaxsan Mirjalol Qo'shoqovichga minnatdorchilik izhor qilaman. Tez kunda Toshkentda ko'rishguncha!, - dedi SHackix.   

Demak, terma jamoamiz safida 34 ta gol urib, hozircha rekordchi bo'lib turgan Maksim SHackix munosib ravishda o'zbek futbol muxlislari bilan xayrlashadi.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика