So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Maksim SHackix: "Navbahor" bilan ham "Loko" bugungidek zo'r o'ynashiga ishonaman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Navbahor" bilan ham "Loko" bugungidek zo'r o'ynashiga ishonaman"

Coca Cola Superligasi 23-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

Bugun haqli ravishda g'alaba qozondik, deb o'ylayman. Menimcha, ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda faollik va samaradorlik ko'proq kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa ongli ravishda tashabbusni raqibga berdik. Birinchi bo'limda raqibga bir nechta yarim vaziyatlar yaratish uchun imkoniyat berib qo'ydik, ha, bitta birga-bir vaziyat bo'ldi va posbonimiz qutqardi. Ikkinchi taymda raqib bir ikkita chala vaziyatlar yaratdi. Mavsum oxirida natija birinchi o'ringa chiqib qoladi va bugun unga erishdik.

— Birinchi bo'limda jamoa yaxshi harakat qildi. Ammo o'ylashimcha, ikkinchi bo'limda "Paxtakor" yomon o'yin ko'rsatdi. Futbolchilarda agressiya ko'zga tashlanmadi. "Lokomotiv" "Paxtakor"ga nisbatan kuchliroqdek ko'zga tashlandi.

— Men yuqorida o'zimiz tashabbusdan atayin voz kechganimizni aytdim. 

— Biroq men shogirdlaringizda agressiya ko'rmadim. Ehtimol, bu mavsum so'ngidagi jismoniy holat bilan bog'liq jarayon bo'lishi mumkin. 

— Jamoaning jismoniy holati yaxshi darajada. Natija borasida shunday bosim bo'lishi mumkin. Bizning xato qilishga haqqimiz yo'q. Turnir jadvalidan kelib chiqib, autsayder yoki autsayder bo'lmagan jamoa sifatida qarash kerak emas, hozir barcha futbol o'ynashni o'rgangan. 90 daqiqa davomida pressing qilish imkonsiz, bunday jamoa yo'q va bo'lmaydi ham. Futbolchilar bizning aytganimizni bajarishdi. Bizning o'z taktikalarimiz, ishlanmalarimiz bor, qisqa vaqt ichida yigitlarga yangi narsani o'rgatib bo'lmaydi. Futbolchilar bugun biz bergan vazifalarni bajarishdi. Bu normal jarayon. Takror aytaman, barcha jamoalar futbol o'ynashni o'rganishdi. Himoyalanish, hujum qilishni o'zlashtirishdi. Biz o'zimiz qurgan taktika asosida o'ynaymiz. SHu bois, bugun men hech qanday ulkan muammoni ko'rmadim. Himoyada ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. 

— Muammo emas, xohish ko'zga tashlanmadi...

— Ilk navbatda, ob-havoni ham inobatga olish kerak. Ikkinchidan, mavsum yakuniga qadar atigi uch tur qoldi. Balki qaerdadir yo'qotishlar bordir, lekin ko'rib turganingizdek, ular avvalgidan ko'ra yaxshiroq yugurmoqda, biz buning ustida ishlayapmiz. Biz bir xil tezlikda ham oldinga yugurishimiz, ham ortga qaytishimiz lozim. Futbolchilar ham odam, qaerdadir charchoq alomatlari ko'zga tashlanadi. Kimdir ruhiy toliqqan bo'lishi mumkin. 

— Jarohatdan keyin safga qaytgan Doston Tursunovning o'yinini qanday baholaysiz?

— Tursunov harakat qilmoqda, unga hech qanday shikoyatim yo'q. Himoyachi harakatlarini normal tarzda amalga oshirdi. U tinglashni biladi. Doston sifatli futbol o'ynashni istaydi. 

— Doston Hamdamovning o'yinini qanday baholaysiz?

— Yomon emas, unga ham hech qanday shikoyatim yo'q. U juda katta hajmdagi ishni bajaradi. 

— Lekin u birinchi davradan so'ng haqiqiy Hamdamovga o'xshamagandek taassurot qoldirdi...

— Men o'yinchilarga bo'lgan talabalaringizni bilmayman, lekin u harakat qildi, o'yinga bo'lgan istagi bor. Eng muhimi shu. Futbolchilar 90 daqiqa davomida juda katta hajmdagi ishni bajaradi, bu ko'pchilikka ko'rinmaydi. Lekin bu normal holat, asosiysi, murabbiyning ko'rsatmalari. Zamonaviy futbolda biz nimani kelishsak, shuni bajarishimiz lozim. U esa aytilgan vazifani bajaradi.

— O'tgan turda jamoangiz "Qo'qon-1912" bilan o'ynadi, hozir esa "Lokomotiv". Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bu ikki jamoa bilan o'yinlardagi farq qanday bo'ldi? "Loko"ning "Navbahor"dan ochko olishiga ishonasizmi?

— Kelasi tur kelaversin, ko'ramiz. Hozir "Lokomotiv"ning ahvoli yaxshi emas, ularning bunday katta kuch bilan oldinga tashlanishi kutilgan hol. "Navbahor" bilan ham "Loko" bugungidek zo'r o'ynashiga ishonaman. "Paxtakor" esa autsaydermi favoritmi farqi yo'q, istalgan raqibni mag'lub etishi kerak. "Paxtakor"ga qarshi esa barcha qattiq tayyorlanadi. Boshqa jamoalardan olingan ochkodan ko'ra bizdan olingan ochko ular uchun ikki karra qadrli. Bungacha ham shunday bo'lgan va keyin ham shunday davom etadi. SHu sababli barcha raqiblarimiz ikki karra kuch bilan o'ynaydi. "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912"ning farqi katta emas. "Loko"da bosh murabbiy o'zgardi. Ularning qanday o'yin ko'rsatishi biz uchun ham topishmoq bo'ldi. Yangi bosh murabbiyning oldida o'yinga kam vaqt bor edi. U barcha narsalarni o'zgartirib tashlay olmasdi. Ammo jamoada yangiliklar ko'rdik va ular bizning kamchiliklarimizni ochib berishdi. Endi bu borada ishlab, navbatdagi o'yinlarga buni to'g'rilashimiz kerak. 

— Bugun Ikrom Aliboev kerak bo'lmagan joyda sariq kartochka oldi. Bungacha Farruh Sayfievda ham shunday bo'lgandi. Balki klub futbolchilar uchun alohida ruxshunos bilan ishlashi kerakdir. CHunki kartochkalarning tasiri katta bo'ladi.

— Menimcha barcha jamoalarda buning uchun jarima choralari bor. Futbolchilarim bu bilan tanishib chiqishgan. Sariq va qizil kartochkalarning ham kriteriyalari bor. Kurashda, qo'pollikda sariq olinishi mumkin, shuningdek, sportga hos bo'lmagan harakat uchun ham. Bularni ular yaxshi bilishadi. 

— Lekin ular sankciyalarga ham qarashmayapti.

— Bu borada biz ham o'ylashimiz kerak. Futbolchilar bunga qanday reakciya qilishi borasida ishlaymiz. Bilasizmi, tartib va intizomning buzilishi mahoratga ham tasir o'tkazadi. Agarda raqib tarkibida 10 nafar yulduz bo'lsa-yu, mening o'rtamiyona jamoamdagi tartib ulardan yaxshiroq bo'lsa, ushbu raqibni mag'lub etishim mumkin. Maydonda tartib yo'qmi, demak, bu anarxiya. Ikrom futbolni sog'ingani ko'rinib turibdi. O'sha vaziyatda ham u fol qilmagandek ko'rindi va shu sababli jahli chiqib ketdi. Bu bizning ichki ishimizga aylandi. Boshqa vaziyatda uning agressiyasini ko'rganim yo'q. Farruhni esa bilasiz, so'nggi paytlarda bunday ishlarni bajonidil qilyapti.

- Eldor Suyunov bugun uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi va bir nechta seyvlar ijro etdi...

- Hammasi zo'r, darvozabon jamoani qutqarish uchun maydonga tushadi. Birga-bir vaziyatda goldan saqlab qoldi va ikkinchisi jarima zarbasida. O'z darajasida o'ynadi, asosiysi shu. Hammaga rahmat.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика