So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Maydonda “Paxtakor” va “Qayrat” faxriylari Yangiliklar

Maydonda “Paxtakor” va “Qayrat” faxriylari

Bugun “Jar” stadionida “Paxtakor” va “Qayrat” faxriylari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Ko'proq shou uchrashuv ko'rinishida o'tgan mazkur bahsda 4:4 hisobi qayd etildi. O'yinning har bir bo'limi 20 daqiqadan o'ynaldi.

Bahs boshlanishidan oldin o'zbek futboli afsonalaridan biri Birodar Abduraimov ramziy mano sifatida to'pni maydon markazidan o'yinga kiritib berdi. U kishiga yana bir futbol faxriyimiz To'lagan Isoqov sheriklik qildi. Qozog'iston elchixonasi vakillari Birodar Hasanovichga qimmatbaho o'zbek va qozoq milliy choponini esdalik sifatida taqdim etishdi. SHundan so'ng o'yin boshlandi.

O'rtoqlik maqomidagi uchrashuvni ko'rish uchun stadionga ko'pchilik muxlislar tashrif buyurdi. Havo issiq bo'lishiga qaramay, sobiq futbolchilar maza qilib futbol o'ynashdi. “Paxtakor” faxriylari safida Mirjalol Qosimov, Ulug'bek Ro'zimov, Sobir Xodiev, Ravshan Bozorov, Yorqin Nazarov singari futbolchilarning to'p tepgani muxlislar olqishiga sabab bo'ldi.

Mazkur bellashuvda “paxtakorchilar”dan gollarni Sobir Xodiev, Rustam Do'rmonov, Azamat Abduraimov (2ta) raqib darvozasiga kiritishdi. “Qayrat” tarkibida esa Vladimir Varagovskiy (2ta), Sergey Savin va Almaz Kulchinbaev gollarga mualliflik qilishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 17 may. “Jar” stadioni.
“Paxtakor” faxriylari - “Qayrat” faxriylari - 4:4
“Paxtakor” faxriylari:
Anvar Rashidov, Baxtiyor Ashurmatov, Ulug'bek Ro'zimov, SHuhrat Rahmonqulov, Sobir Xodiev, Andrey Miklyaev, No'mon Hasanov, Rustam Do'rmonov, Azamat Abduraimov, Ravshan Bozorov, Yorqin Nazarov.
Zaxiradan tushganlar: Oybek Usmonxo'jaev, SHuhrat Maqsudov, Aleksey Roshin, Mirjalol Qosimov, Ilhom Mo'minjonov.
Bosh murabbiy: Grigoriy Ceytlin.
“Qayrat” faxriylari: Erbol Ospanov, Sergey Pasko, Sergey Junenko, Fanas Salimov, Vaxit Masutov, Qayrat Aymanov, Sergey Savin, Sergey Volgin, Nasriddin Xasanov, Askar Kojabergenov, Artur Omarov.
Zaxiradan tushganlar: Vladimir Varagovskiy, Almaz Kulchinbaev, Askar Kushikbaev, Andrey Vaganov, Nurkin Mazbaev.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика