Maguayr va Sancho "CHelsi"ga qarshi o'ynamaydi
27 apr 2022 20:43
Yangiliklar
Maguayr va Sancho "CHelsi"ga qarshi o'ynamaydi
"Manchester Yunayted" futbolchilari Harri Maguayr va Jeydon Sancho "CHelsi"ga qarshi o'ynamaydi.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnikning aytishicha, Sancho kasallik, Maguayr esa jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Harrining tizzasida muammo bor. U kecha va bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.
Jeydon kasal bo'lib qoldi - unda tomoq bezlarining yallig'lanishi kuzatilgan, u bugun mashg'ulot o'tkazmadi, ertaga ham qatnashmaydi", - dedi Rangnik.
Murabbiy, shuningdek, Lyuk SHou, Pol Pogba, Fred va Edinson Kavani ham maydonga qaytishga tayyor emasligini tasdiqladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar