So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Lushanga etirozim bor Yangiliklar

Lushanga etirozim bor

8 dekabr kuni Sergey Lushan saytimiz ofisiga tashrif buyurib dardini doston qildi.

O'zining aytishicha, "Bunyodkor"ning undan qarzi bor ekan. Yani, klub 2015, 2016 va 2017 yil uchun murabbiy bilan to'liq hisob-kitob qilmagan. Ayni paytda "So'g'diyona" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Lushanning fikrlarini diqqat bilan o'qib chiqdim. Bir tomondan u haq, modomiki klub u ishlagan paytlarda to'liq hisob-kitob qilmagan ekan, demak buni bajarishiga to'g'ri keladi.

Lekin shu o'rinda tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Sergey Lushan kichkina pul haqida gapirmayapti, 800 million so'mdan ortiq mablag' haqida gap boryapti. Bu o'ziga yarasha katta pul, to'g'rimi? Hamma ham shuncha puli bo'lishini tasavvur qila olmaydi. Lushanning klubda ishlagan payti oylik maosh, ko'tarma puli va mukofot pullari qolib ketgan ekan.

Natijada Lushan bu haqda portalga yozdi, hatto klubni sudga berdi. Endi savol tug'iladi: modomiki Lushan "Bunyodkor"dan pulini to'liq ololmagan ekan, nima uchun o'sha payt bu haqda tegishli tashkilotlarga murojaat qilmagan? Yoki murojaat qilgan-u, hech kim uni eshitmaganmi? Masalan, 2015 yildan qolib ketgan qarz uchun o'sha yil oxirida gapirishi mumkin edi.

Yoki bo'lmasa 2016-2017 yilgi muammolar nega endi bugunga kelib ko'tarilyapti? Yaxshi bilamizki, har bir klub yil oxirigacha futbolchi va murabbiylar hisob-kitob ishlarini oxirigacha etkazishga harakat qiladi. Agar oxirigacha etkazmasa murabbiylar dod devoradi. Har bir klub buni juda yaxshi biladi.

Aytaylik, Lushanning 2015 yildan qarzi qoldi, unda nima uchun 2016 yilda yangi shartnoma tuzgan? Nima sababdan o'sha payt mendan qarzi bor deya klubni sudga bermagan? Nega endi bu masala oradan uch yil o'tib ochilishi kerak? Xullas, juda bir tushunarsiz holat. To'g'risi, biz hech kimning maoshiga yoki xizmat haqiga aralashmaymiz, kim qancha topayotgan bo'lsa qandini ursin, lekin hamma ishni vaqtida joy joyiga qo'ygan maqul emasmi?

SHu o'rinda yana bir masala bor. Bu natijalar bilan bog'liq. Sergey Lushan "Bunyodkor"ni boshqargan yillari jamoani chempion qila olmagan. Aytaylik, chempion qilganida chempionlik mukofot pullarim qolib ketgan desa yarashardi. Osiyo chempionlar ligasida esa qo'pol qilib aytganda jamoaning "abjag'ini" chiqarib yuborgan.

2015 yil "Bunyodkor" OCHL guruh o'yinlarida qatnashib, oxirgi o'rinni egallagan, 0 g'alaba. 2016 yil ham guruh bosqichida ishtirok etib, yana oxirgi o'rinda tugatgan, yana 0 g'alaba. 2017 yil yana OCHLda qatnashgan jamoa bu safar guruhda faqat bitta o'yinni yutgan, biroq baribir oxirgi o'rinda qolib ketgan.

Sergey Lushan bu yil sal qolsa "So'g'diyona"ni ham Pro ligaga tushirib yuborardi. Xayriyat, o'tish o'yinida ular "Mashal"ni enga olishdi. Agar gap uch yilda 800 million so'mdan ortiq qarz yig'ilib qolgani haqida borayotgan bo'lsa, kelinglar hammamiz murabbiy bo'lib qo'ya qolamiz. Negaki OCHLda qatnashib oxirgi o'rinni olishni siz ham eplay olasiz, men ham.

X.Xoliqov. 


Sergey Lushan 800 milliondan ortiq pulini olish uchun "Bunyodkor" bilan sudlashayotganini malum qildi (intervyu)

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика