So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Luisma Ernandes: "Yoshlar bilan ishlash har doim natija beradi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Yoshlar bilan ishlash har doim natija beradi"

Coca-Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqida

- Hayajonga boy o'yin bo'ldi. Qiyin o'yin o'tkazdik. Maqsad g'alaba edi, albatta mehmonlar ham ochko qo'lga kiritish uchun harakat qilishdi. Biz to'p bilan ishlashda ustunlikka ega edik va bu yakunda bizga g'alaba keltirdi. Bugungi g'alaba bilan jamoamiz azolarini tabriklayman. Bugun bir hafta davomida olib borgan mashg'ulotlarimiz samarasi ko'rindi. Yoshlar bilan o'ynash har doim natija beradi.

"Neftchi" ikkinchi davrada yaxshi o'yin namoyish etmoqda, bu bilan ularni tabriklasa bo'ladi. Bizning jamoadan bu klubga o'tgan futbolchilar ham bor, ularni ham chin dildan tabriklayman. Hozirgi kunda jamoani navbatdagi mavsumga tayyorlayapmiz. Keyingi mavsum ham yanada qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

- Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'yindan so'ng yoshlarga imkon berishni aytgandingiz. Rotaciya bo'yicha tushuntirish bera olasizmi?

- Oxirgi mashg'ulotlar davomida Aliqulov jarohat olgandi. SHu sabab bugun biz Ibrohimovni asosiy tarkibda tushirdik. Bundan tashqari ko'rgan bo'lsangiz, oxirgi daqiqalarda SHahzodjon Nematjonovni ham maydonga tushirdik. Rahbariyat oldindagi har bir o'yinda g'alaba uchun vazifa qo'ygan. SHu sababdan ham hozircha tavakkalga qo'l urmayapmiz. Navbati bilan yosh futbolchilarni maydonga tushirayapmiz.

- Jamoa bugun g'alaba qozongan bo'lsa ham o'yindan ko'nglingiz to'ldimi?

- Albatta, Bektemir Abdumannonovning o'yinidan mamnunman. Gol urgan futbolchi etiborga tushadi, ammo golgacha boshqa futbolchilar ham mehnat qilishadi. Jamoamizning barcha futbolchilari bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi va g'alabaga o'z hissasini qo'shishdi. Bugun himoya chizig'imiz vakillari ko'rsatgan o'yindan ham mamnunman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика