So’nggi yangiliklar

15:37Ўзбекистон U-17нинг асосий таркиби маълум  3 14:56"Андижон"нинг собиқ мураббийи Рубин Хебайнинг қандай топилгани ва нима учун клубдан кетгани ҳақида сўзлади  3 14:32"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози  2 13:59Футзал. Ўзбекиcтон қуръада 2-саватчада бўлади  1 13:42Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди  5 13:16"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас"  5 12:39"Пахтакор" Ўзбекистон Кубоги билан водийда турне уюштирди  0 12:12Бахтиёр Ашурматов: “Пахтакор яққол фаворит, лекин "Бухоро" охиригача курашади”  2 11:47"У осонликча топ-5 чемпионатларига бора оларди". "Пахтакор" ўринбосарлар жамоасининг собиқ мураббийи у билан ишлаган энг истеъдодли футболчи ҳақида  5 11:20Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  4 11:00"Барселона" Ямалга тақиқ қўйди  18 10:39Мурод Исмоилов: “Кубок финалида ҳамма нарса бўлиши мумкин”  0 10:18Александр Мерзляков: "2010 йилги "Бунёдкор"га қарши кубок финалини эсимдан чиқара олмайман, бугун нима бўлишини якунда биламиз"  2 09:55Винисиус "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  9 09:24Ўзбекистон Кубогини кетма-кет 2 марта ютган мураббийлар. Хомяков бугун улар сафига кирадими?  3

Luisma Ernandes: "O'zgartirishlar borasidagi qoidalardan noroziman. Bunaqasi FIFA qoidalariga ham to'g'ri kelmaydi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "O'zgartirishlar borasidagi qoidalardan noroziman. Bunaqasi FIFA qoidalariga ham to'g'ri kelmaydi"

Teglar :  Luisma Ernandes
Coca Cola O'zbekison kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan AGMK - "Metallurg" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinchilarimning bugungi o'yinlaridan mamnunman. Biz himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynadik. Faqatgina, bazi o'yinchilarimning individual xatolaridan va o'yinga bo'lgan munosabatlaridan biroz hafaman. Bu masalani klub bilan tez orada ko'rib chiqamiz.

- Bugun yosh futbolchilar o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi? Nega gol urgan o'yinchi darxol almashtirildi?

- Umuman olganda, gol urganimizda o'yin tugashiga kam vaqt qolgandi. Biz gol urgan futbolchini keyingi o'yinga asrash maqsadida almashtirgandik. Men o'zgartirishlar borasidagi qoidalardan noroziman. Hozirgi qoidalar asosiy vaqtning o'zidagina beshta o'yinchi almashtirish imkoniyatini bermoqda. Bunaqasi FIFA qoidalariga ham to'g'ri kelmaydi. Bunday har qanday murabbiyni shoshirishga olib keladi. SHu tomonidan biroz noroziman.

- Aynan qaysi holat FIFA qoidalariga mos kelmaydi? Murabbiy buni tushuntirib bera oladimi?

- Nega asosiy vaqtda beshta o'zgarishni amalga oshirish shart, qo'shimcha bo'limlarda esa faqat bitta o'zgarishga ruxsat berilmoqda? Masalan, men uch o'yinchimni ekstra taymga olib qo'ymoqchi edim.  Hozirgi qoidalar bo'yicha beshta o'yinchini ham asosiy vaqtda o'zgartirishga to'g'ri kelar ekan. Bu qonun-qoidalarga tushunmadim va noroziman.

- Jarohatlangan o'yinchilarning keyingi o'yinga tushish ehtimoli qancha?

- Bugungi o'yinda maydonga tushgan bazi futbolchilarda ham jarohat bor edi. SHu sabab ham ularni "Qo'qon"ga qarshi o'ying uchun asrashga harakat qildik. G'alaba bilan AGMK jamoasini tabriklayman. Mehnat qilishda davom etamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика