Luis Enrike: "Natija adolatli bo'lmadi. Biz "Atletiko"dan kuchliroq edik"
07 noy 2024 11:51
Yangiliklar
Luis Enrike: "Natija adolatli bo'lmadi. Biz "Atletiko"dan kuchliroq edik"
PSJ ustozi Luis Enrike jamoasi CHempionlar Ligasi doirasida "Atletiko"ga imkoniyatni boy berganiga (1:2) izoh berdi.
"Izohlash uchun so'z topa olmayapman. Nazarimda, uyda o'tkazgan barcha uch o'yinda ["Jirona", PSV va "Atletiko"ga qarshi] biz raqibdan kuchliroq edik, ammo bu safar omad bizdan yuz o'girdi.
Ertaga tongda uyg'onamiz va o'z yo'limizda davom etamiz. Yana to'rtta o'yin qoldi. Hali imkon bor ekan, kurashishda davom etamiz. Ammo qaytaraman, buni tushuntirish juda qiyin.
Men 30 yildan ko'proq vaqt mobaynida futboldaman, lekin mazkur holatni tushuntirib bera olmayman. Bu shunchaki omadsizlik. Biz raqibdan kuchliroq edik. Natija adolatli bo'lmadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar