So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumani

Bugun UEFA CHempionlar ligasi yarim finali doirasida "Barselona" va "Bavariya" bahsi bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvdan oldin "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike va hujumchi Lionel Messi ishtirok etdi.

Luis Enrike:
"Bavariya" juda kuchli jamoa va ular yo'qotishlarni o'rnini to'ldirishga urinishmoqda. Pep va uning jamoasi o'yinlari menga yoqadi.
Pepni bu erda ko'rish barcha uchun yoqimli bo'lsa kerak, ammo futbolchilarimiz bu o'yin qanchalik muhimligini yaxshi bilishadi.
Pep vazifalarimizni qiyinlashtirishga urinib ko'radi, ammo jamoamiz butun mavsum davomida maqsadimizga erishishga harakat qildik.
Jamoa o'zining har doimgi o'yinini ko'rsatishi kerak. Uyda biz muxlislar bilan kuchliroq bo'lishimiz mumkin, ammo raqib jamoa maydonida ham 90 daqiqa o'tkazishimiz lozim.
Ter SHtegen juda yaxshi darvozabon. Biz uning "Barselona"dagi birinchi yilidan mamnunmiz. U hali yosh va kelajagi buyuk futbolchi".


Lionel Messi:
"Bir vaqtlar Pep qo'l ostida harakat qilganmiz, ammo ertangi o'yin boshqacha bo'ladi. Biz ikkala uchrashuvda ham g'alaba qozonmoqchimiz.
Bu mavsum oldingisiga qaraganda juda qiyin bo'ldi. O'tgan mavsumda ko'p vaqtimni jarohatlarni engishga sarfladim. Hozir esa o'zimni juda yaxshi his qilyapman.
"Barselona"da Luis Suares va Neymar kabi o'yinchilar borligi jamoaning vazifalarini osonlashtiradi. Bu yigitlar bilan maydonda va uning tashqarisida do'stmiz.
Gvardiolaga keladigan bo'lsak, u bilan juda yaxshi aloqadaman. U uzoq vaqt davomida biz bilan birga bo'lgan va barchamiz haqimizda etarlicha malumotga ega.
Muxlislar uni ijobiy kutib olishiga ishonaman, ammo o'yin payti ishqibozlar biz tomonga o'tadi.
Har bir murabbiy o'zgacha fikrlaydi va o'z ishini boshqacha amalga oshiradi".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика