So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

"Lokomotiv" va "Sepaxon" o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi Yangiliklar

"Lokomotiv" va "Sepaxon" o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Teglar :  LokomotivSepaxon
"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi turini o'z maydonida Eronning "Sepaxon" klubiga qarshi o'tkazdi. O'yin 1:0 hisobida "temiryo'lchilar"ning g'alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvdan oldin har ikkala klub rahbarlari - Rajabov Mansur Kuchkarovich ("Lokomotiv" PFK prezidenti) va Asgar Bageriyan ("Sepaxon" FK Boshqaruv raisi) ikkala jamoa o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi. Hamkorlik shartnomasida quyidagi gaplar yozilgan.

O'zbekistonning "Lokomotiv" futbol klubi hamda Eron Islom Respublikasining "Sepaxon" futbol klubi rahbarlarining o'zaro kelishuvi asosida O'zbekiston va Eron Islom Respublikasining madaniyat va sport sohasida o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va jamoalar orasida sport bo'yicha o'zaro malaka almashish uchun quyida sanab o'tilgan bo'limlarni kelajakda ikki klub o'rtasida yo'lga qo'yish maqsadida ushbu bitim imzolanadi:



1. Jamoalarga tegishli bo'lgan sportchilarni o'zaro kelishuv asosida u yoki bu klubga transfer qilish;

2. Jamoalarning turli yoshdagi futbolchilari o'rtasida belgilangan qoidalarga ko'ra o'rtoqlik va nazorat uchrashuvlarini tashkil etish;

3. Eron va O'zbekiston sport jamoalarining u yoki bu mamlakatda o'quv-yig'in mashg'ulot olib borishini taminlash;

4. Yangi futbol metodlari va qo'llanmalari bo'yicha o'zaro fikr almashish, futbol mashg'ulotlari jarayonlarini disklarga yozgan holda jamoa ustozlari va futbolchilar orasida umumiy tajriba almashish;

5. Va yana boshqa turli yo'nalishlarda o'zaro kelishuvni qo'llab-quvvatlash va shu asosda ish olib borish.



Muxlislarga yaxshi malum, "Lokomotiv" o'tgan yil Angliyaning "Flitvud Taun" futbol klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygandi. Bu yil esa "Sepaxon" bilan ham yangi maqsadlar sari hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" sobiq futbolchisi Fozil Musaev ayni paytda "Sepaxon" sharafini himoya qilmoqda va uning o'yinidan klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabining ko'ngli to'q. Ajab emas, ushbu hamkorlik samarasi o'laroq "Lokomotiv"ga "Sepaxon"dan ham biror bir tajribali futbolchi kelib qo'shilsa. O'ylaymizki, mazkur hamkorlik shartnomasi har ikkala klub uchun ham foydali bo'ladi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика