"Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvidagi janjal tufayli kim qancha jarima to'lashi malum
11 may 2022 13:06
Yangiliklar
"Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvidagi janjal tufayli kim qancha jarima to'lashi malum
O'sha janjaldan keyin "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida quyidagi postni qoldirdi:
"Kecha tushlik mahali murabbiylar shtabi davrasida “Surxon” bilan kechgan o'yindagi mojaro ortidan Kaxi Maxaradzening 2ta o'yinga chetlatilgani-yu 5 mln jarimaga tortilgani; ustiga ustak klubimiz ham 15 mln jarima to'laydigan bo'lgani atrofida qizg'in suhbat bo'ldi:
– Yaqindagina “...” jamoalari o'yinda to's-to'polon qilishgandi. Biznikidan ancha jiddiy edi. Na futbolchiga, na jamoaga chora ko'rilmadi-ku, – dedi murabbiylardan biri.
– Ko'rilgandir, balki siz eshitmagandirsiz, – tinchlantirgan bo'ldi boshqa bir murabbiy.
– Futbolchi jarimasini tushundim, jamoa nima sababdan? Yana sening maydoningda uy o'yinlarini o'tkazayotgan jamoa sabab jarimaga tortilsang alam qilarkan-da, – javradi boshqa biri.
Xullas, kun tartibiga jarimani “Surxon”dan undirib olish masalasi qo'yiladigan bo'p turibdi", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.
|
Lokomotiv Diyor Turopov - 45', Kaxi Maxaradze - 86' |
Superliga. 6-tur 01/05/2022, 18:30 0
:
2
Tugadi
|
Surxon |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar