So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

867 tomoshabin qarshisida o'tgan uchrashuvda "Lokomotiv" "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

867 tomoshabin qarshisida o'tgan uchrashuvda "Lokomotiv" "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Superliganinig 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 3-daqiqasida Jamshid Iskanderov chamasi 16 metrlardan kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi - 1:0. Uchashuvning 10-daqiqasida Sardor Mirzaevning kuchli zarbasini raqib darvozasi ustuniga tegib maydonga qaytdi. Keyingi daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqovning boi bilan yo'llagan zarbasi ham darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

22-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov bir necha himoyachini aldab o'tgan holda darvoza tomon zarba berdi, Artyom Makosin to'pni qaytardi. 

27-daqiqada Sardor Mirzaevning jarimadan tepgan to'pi ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Anzur Ismoilov zarba berdi. To'p darvozabonga tekkan holda darvozaga kirib ketdi. Offsaydda qolgan futbolchilarimiz to'p tomon  yugurgani uchun gol hisobga olinmadi. 

31-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga aniq yo'lladi - 2:0. Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi. 

56-daqiqada Muhsin Ubaydullaev o'z jarima maydoni ichida Sardor Mirzaevni yiqitgani uchun bosh hakam "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Temurxo'ja Abduxoliqov amalga oshirdi va Makosin to'pni qaytardi.

62-daqiqada Avazbek O'lmasalievning zarbasini darvozabon qaytarib yubordi. 

71-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'p Yovan Jokichga tegib mezbonlar darvozasidan joy oldi - 2:1.

Keyingi daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov gol urdi - 3:1. 

88-daqiqada Filipp Rayevac darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borib, zarba berdi. To'pni Makosin qaytardi.


Superliga, 6-tur
"LOKOMOTIV" – "QIZILQUM" 3:1
27 aprel 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 867 tomoshabin.
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Andrey Capenko, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Farhod Abdullaev.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Jamshid Iskanderov 3, - 1:0 (Husniddin G'ofurov). Islom To'xtaxo'jaev 31, - 2:0, Yovan Jokich 71-avtogol, - 2:1, Timurxo'ja Abduxoliqov 72, 3:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Temurxo'ja Abduxoliqov 56 (darvozabon).

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduholiqov (Filip Rayevac, 76), Husniddin G'ofurov (Avazbek O'lmasaliev, 46), Islom To'xtaxo'jaev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteev, Diyor Turopov (Aziz Haydarov, 65).
Zaxira: Mamur Ikromov, Aziz Amonov, Arslanmurat Amanov, Bobur Ergashev, Igor Yelich.

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev (Akmal Rustamov, 74), Eldor Boymatov, Muhsinjon Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Hurshid Olimov, Smit Medina (Sardor Jahonov, 46).
Zaxira: Evgeniy CHeremisin, Murod Bobojonov, Xumoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Aziz Usmonov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashev.

Ogohlantirishlar: Fayzullo Qambarov 30, Davron Hoshimov 86.


Lokomotiv

Jamshid Iskanderov - 3', Islom Tuxtaxo’jayev - 31', Yovan ZHokich - 71', Temurxo’ja Abduxoliqov - 72'

Superliga. 6-tur

27/04/2019, 17:30

1
:
3
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
3'  Jamshid Iskanderov
3'  Husniddin G’ofurov
31'  Islom Tuxtaxo’jayev
46'  Husniddin G’ofurov (Avazbek O'lmasaliev)
71'  Yovan ZHokich
72'  Temurxo’ja Abduxoliqov
76'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
86'  Davron Hoshimov
30'  Fayzullo Qambarov
46'  Medina Smit (Sardor ZHahonov)
74'  Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov)


Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика