"Lokomotiv" matbuot xizmati: "Nagaev hali shifoxonadan chiqmadi"
08 okt 2014 15:54
Yangiliklar


"Lokomotiv" matbuot xizmati: "Nagaev hali shifoxonadan chiqmadi"
Kecha avtoxalokatga uchragan Ivan Nagaevning shifoxonadan chiqqani haqida malumot bergan edik.
Hozirgina "Lokomotiv" klubi matbuot xizmatining bizga xabar berishicha, Ivan Nagaev hamon shifoxonada. Hujumchi “O'zbekiston temir yo'llari” DATK Markaziy shifoxonasida davolanmoqda, uning yuzida shishgan joylari bor, burnidan jarohat olgan, shuningdek, miyasi chayqalgan. Nagaevga shifoxonadan qachon ruxsat berilishi nomalum. U katta ehtimol bilan ikki haftasiz maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar