So’nggi yangiliklar

00:09"Реал" — "Мальорка". Таркиблар маълум  1 23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  4 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   25 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  368 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  7 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11

"Lokomotiv" bugundan mashg'ulotlarni davom ettiradi Yangiliklar

"Lokomotiv" bugundan mashg'ulotlarni davom ettiradi

Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" uchun iyun oyi juda muhim hisoblanadi. Muhimligi shundaki, jamoamiz bir hafta ichida ketma-ket uchta o'yinda maydonga tushadi va har uchala bahs ham safarda bo'lib o'tadi.

"Temiryo'lchilar" dastlab 19 iyun kuni G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lishadi. Jamoa o'yinni o'tkazib Toshkenga qaytib kelgach, oradan ko'p o'tmay Namanganga otlanadi. CHunki 23 iyun kuni O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi javob bahsini o'tkazamiz. Undan keyin Muborak sari yo'lga chiqamiz va 26 iyun kuni "Mashal"ga qarshi oliy liga uchrashuvida kuch sinashamiz. "Lokomotiv" birinchi davraning oxirgi turini o'z maydonida 1 iyulda o'tkazadi. SHu kuni "Navbahor" bilan o'ynaymiz.

"Qizilqum" bilan kechgan bahsdan so'ng bosh murabbiy Vadim Abramov futbolchilarga uch kunlik dam bergandi. Bugun jamoamiz vakillari yana klub qarorgohida to'planib, navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlashadi. Xabaringiz bor, hozirda olti nafar futbolchimiz milliy terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Bular - Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Ikrom Aliboev, Jasur Hasanov va Lutfulla To'raev. Bundan tashqari, legioner hujumchimiz Ruslan Koryan Armaniston safida maydonga tushish uchun terma jamoa ixtiyoriga jo'nab ketgan. SHu bois bu futbolchilar hozircha "Loko" mashg'ulotlarida ishtirok eta olishmaydi.

"Lokomotiv"ni oldinda kutayotgan bahslar: 
19 iyun. "SHo'rtan" - "Lokomotiv" (Oliy liga)
23 iyun. "Navbahor" - "Lokomotiv" (Kubok)
26 iyun. "Mashal" - "Lokomotiv" (Oliy liga)
1 iyul. "Lokomotiv" - "Navbahor" (Oliy liga)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика