So’nggi yangiliklar

01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  4 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  19 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

“Lochin” parvozi: Kubokdagi sensaciya va Polvonovning qaytishi Yangiliklar

“Lochin” parvozi: Kubokdagi sensaciya va Polvonovning qaytishi

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi bellashuvlarida bu yil ilk bor Oliy talim muassasalari jamoalari ham o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Qarshi davlat universiteti sharafini himoya qilayotgan “Lochin” jamoasi musobaqada o'zgacha harakatlari va shijoati bilan alohida etibor qozondi. Etiborlisi shundaki, debyutant “Lochin” jamoasi ilk ishtirokidayoq haqiqiy sensaciya yarata oldi. Ular guruh bosqichida amaldagi kubok egasi “Andijon”ni, so'ngra “Surxon”ni mag'lub etib, ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoa tarkibida asosiy etibor yoshlarga berilgan bo'lsa-da, safda tajriba va mahoratni uyg'unlashtirishga urinish ham ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, butsalarini yaqindagina mixga ilgan Zafar Polvonovning maydonga qaytishi jamoaga alohida ishonch bag'ishladi. Faoliyatini murabbiylikda davom ettirayotgan Polvonov endi yoshlar bilan elkama-elka to'p tepmoqda. Biz esa, albatta, undan bu qarorining sabablari va jamoa kelajagiga oid fikrlarini so'radik.

"Lochin"ni hech kim tanimasdi. Endilikda jiddiy qarashadigan bo'lishdi. Bizning ham hali to'xtash niyatimiz yo'q",- deya gap boshladi Zafar Polvonov.

- Qiziq, futbolchilik faoliyatingizni tugatgan edingiz. Yashil maydonga qaytishga nima turtki bo'ldi? "Lochin" varianti qanday chiqdi?

- To'g'ri, futbolchilik faoliyatimni tugatgan edim. Lekin yana qaytishga qaror qildim, chunki o'zimni futbolsiz tasavvur qila olganim yo'q. Men futbolni, o'z ishimni juda yaxshi ko'raman. Buni Superligada o'ynab faoliyatini tugatganlar qanday qiyin bo'lishini yaxshi his qilishadi. "Lochin" jamoasidan taklif tushdi. Klub chorlovini rad etolmadim. To'p tepishni o'zim qattiq istadim. Yana yashil maydonda ekanligimdan xursandman.

- Debyutdayoq elita jamoalarini ortda qoldirishga qay tariqa erishildi? Guruh bosqichi qanchalik kutilgandek kechdi?

- "Andijon"ni Superliganing eng tartibli jamoasi ekanligini bilardik. Ularning qanday taktikada harakat qilishi mumkinligini ko'rib chiqqandik. Ochig'ini aytganda, raqibni ko'p o'rganganimiz samara berdi. O'yin davomida jamoamiz raqibning kuchli tomonlarini zararsizlantirishga erishishdi. Bu-futbol. Kimdir yutadi yoki yutqazadi. "Andijon"ning Superligada yaxshi ishtirok etishiga ishonaman. Yana o'z o'yinlari bilan muxlislarni xursand qilishadi. Kubokdagi har bir o'yinda jamoadoshlarim borlarini berdi. Bu barchaning mehnati.

- Kuchli jamoalarga tayyorgarlikda ruhiy holat ustuvor hisoblanadi... 

- Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq — qay darajada ruhiy tayyorgarlik ko'rgani, o'z ustida qanday ishlayotgani va eng asosiysi, o'ziga bo'lgan ishonchini saqlab qolishi muhim. Men doim shunday deyman: "Sizlar o'ynashni bilasizlar va buni muvaffaqiyatli uddalay olasizlar".

- "Lochin" kutilmagan sovg'alar ko'rsatishda davom etmoqchimi?

- Maqsadimiz faqat oldinga intilish. Ko'zlagan maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. 

- Jamoada yana qanday vazifalaringiz bor?

- "Lochin" jamoasidagi vazifam ko'proq gol urish va jamoa g'alabalariga munosib hissa qo'shishdir. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Suratlar "Lochin" klubi rasmiy telegram sahifasidan olindi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика