"Lochin" bosh murabbiyi Sardor To'xtaev: "Andijon" - bizni ikki karra ko'proq kuch bilan o'ynashga undaydigan jamoa"
29 apr 2025 21:40
Yangiliklar
"Lochin" bosh murabbiyi Sardor To'xtaev: "Andijon" - bizni ikki karra ko'proq kuch bilan o'ynashga undaydigan jamoa"
O'yin haqida
- "Andijon" — bizni ikki karra ko'proq kuch bilan o'ynashga undaydigan jamoa. Boisi bugungi raqibimiz kubokning amaldagi sohibi edi. Chempionlarga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'ladi. Yigitlarga raxmat aytaman, ular borlarini berishdi. Kim bilan o'ynashdan qatiy nazar g'alaba qozonish mumkinligini isbotlashdi. Zaxiradan qo'shilgan kuchlar ham o'yinni kuchaytirishdi, umuman aytganda g'alabaga loyiq o'ynadik.
- "Lochin" jamoasining O'zbekiston kubogidagi maqsadi qanday?
- Oliygohimiz rektori tomonidan bizga futbol o'ynash uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Kubokdagi maqsadimiz - guruhdan chiqish va uzoqroqqa borish. Birinchi ligadagi vazifamiz Pro-liga yo'llanmasi. Chempionlikni maqsad qilganmiz. Qashqadaryo ahliga bizni qo'llab-quvvatlayotgani uchun raxmat aytaman.
- Superliga jamoasini mag'lub etishga qanday kuch topa oldinglar?
- Biz shu o'yin haqida jiddiy o'yladik, tayyorgarlik ko'rdik. Vaziyatlarimizdan unumli foydalanishga urindik. G'alaba golini zaxiradan qo'shilgan futbolchilar olib kelishdi.
- Penalti vaziyatiga fikringiz qanday?
- Bizga uzoqroq edi. Bu hakamlarning ishi, aralashmaganimiz maqul. Ular o'z ishini bajarayapti. Birinchi liga jamoasi Superliga klubini musobaqadan chiqarib yuborayotgani chempionatimizga shaffoflik kirib kelganini anglatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar