"Liverpul" o'rtoqlik o'yinida "Preston Nort End"ni mag'lub etdi
13 iyu 22:21
Yangiliklar
"Liverpul" o'rtoqlik o'yinida "Preston Nort End"ni mag'lub etdi
O'yin mersisaydliklar foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuv Prestondagi "Dipdeyl" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Konor Bredli hisobni ochib, "qizillar"ni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 53-daqiqada Darvin Nunes jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 83-daqiqada Liam Lindsey "Preston" uchun bitta golga javob berdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Kodi Gakpo "Liverpul"ning uchinchi golini urdi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Liverpul" Angliya chempioniga aylandi. "Preston Nort End" 50 ochko bilan Chempionship turnir jadvalida 20-o'rinni egalladi.
Mersisaydliklar navbatdagi o'yinda 26 iyul kuni "Milan"ga qarshi maydonga tushsa, Lankashir jamoasi keyingi o'yinda 18 iyul kuni "Xetafe" bilan to'qnash keladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar