“Liverpul" “Chelsi“ forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi
17 may 10:52
Yangiliklar
“Liverpul" “Chelsi“ forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi
“Liverpul“ klubi yozda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
“Liverpul“ short-listiga “Chelsi“ forvardi Kristofer Nkunku kiritildi. “ko'klar“ bosslari o'z futbolchisi uchun kamida 70 mln evro ishlab olmoqchi. Biroq “Liverpul“ asosan zaxirada qolib ketayotgan futbolchiga bunaqa pul bermoqchi emas va narxni tushirishni reja qilgan.
Avvalroq, futbolchi markaziy uchrashuvlarda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan noroziligi sababli jamoani tark etishni reja qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Nkunku joriy mavsum 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar