"Lion"ga qarshi o'yinda Onana darvozani qo'riqlaydi
16 apr 20:45
Yangiliklar
"Lion"ga qarshi o'yinda Onana darvozani qo'riqlaydi
Darvozabon "Nyukasl"ga qarshi o'yinda zaxirada qolgandi.
Andre Onana "Lion"ga qarshi o'yinda "MYU"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Darvozabon APLdagi "Nyukasl" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Evropa Ligasi 1/4 final javob uchrashuvi ertaga Franciyada bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan edi. Onaning 25 va 95-daqiqalardagi xatolari "Lion"ning gollariga sabab bo'lgan.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim kamerunlik darvozabon inglizlarning asosiy tarkibida o'ynashini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Onana Angliya Premer-ligasining 32-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinni (1:4) dam olish uchun o'tkazib yuborgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar