Lineker BBC efiriga qaytishini elon qildi
14 mar 2023 13:06
Yangiliklar
Lineker BBC efiriga qaytishini elon qildi
Afsonaviy futbolchi va taniqli boshlovchi Gari Lineker muhim bayonot bilan chiqdi.
"Bir necha noodatiy kunlardan so'ng bu o'tmishda qolganidan xursandman. Qoyilmaqom qo'llab-quvvatlov uchun barchangizga, ayniqsa, ajoyib birdamlik ko'rsatgan BBC Sport'dagi hamkasblarimga rahmat aytmoqchiman. Futbol – jamoaviy o'yin, lekin ularning qo'llab-quvvatlashi ayniqsa sezildi.
Men BBC'da qariyb o'ttiz yildan beri ishlayman hamda dunyodagi eng yaxshi va eng adolatli teleradiokompaniyasida ishlayotganim bilan faxrlanaman. SHu shanba kuni qaytishimni intizorlik bilan kutyapman.
O'tgan kunlar qanchalik qiyin o'tgan bo'lsa-da, bu o'z uyingizdan qochish, quvg'in yoki olis yurtdan boshpana izlash bilan solishtirganda hech narsa emas.
Biz mehmondo'st va saxovatli mamlakat bo'lib qolyapmiz. Rahmat", – dedi Gari Lineker.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar