So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Legionerlar. Olti nafar futbolchimiz uchun mavsum tugadi Yangiliklar

Legionerlar. Olti nafar futbolchimiz uchun mavsum tugadi

CHetda to'p tepayotgan olti nafar futbolchimiz uchun joriy mavsum yakuniga etdi. Rossiya premer-ligasidagi ikki o'yinchimiz uchun mavsum ikki xil kechdi.
Xususan, Vitaliy Denisov “Lokomotiv” safida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Odil Ahmedov to'p tepgan “Anji” chempionatda oxirgi o'rinni egallab, birinchi divizionga tushib ketdi. Rossiya birinchi ligasida o'ynayotgan Vadim Afonin jamoasi “Gazovik” esa  mavsumni beshinchi o'rinda tugatdi.

Bu yilgi mavsumni Turkiya birinchi ligasida o'tkazgan Dilshod Rahmatullaev uchun chempionat o'rtacha kechdi. Uning klubi “SHanliurfaspor” 11-o'rinni qo'lga kiritdi.

BAAda o'ynagan ikki legionerimiz Aziz Haydarov bilan Oybek Qilichev uchun ham mavsum ikki xil yakunlandi. Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al SHabab” 4-o'rinni egallagan bo'lsa, Oybek Qilichev o'ynagan “Al SHaab” kuchlilar safini tark etdi.



ROSSIYA. Premer-liga
Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”)

“Lokomotiv” chempionatni uchinchi o'rinda tugatdi. Vitaliy Denisov ajoyib mavsumni o'tkazdi. Aksariyat o'yinlarda etakchi sifatida harakat qildi. Bir necha bor tur ramziy termasiga kiritildi.

Odil Ahmedov (“Anji”)
“Anji” uchun joriy mavsum juda omadsiz keldi. Klub oxirgi o'rinni olib elitadan tushib ketdi. Ammo Odil Ahmedov o'zidan yaxshi taasurot qoldirdi. U jamoasining deyarli barcha o'yinlarida qatnashib 90 daqiqadan harakat qildi.



ROSSIYA. Birinchi divizion
Vadim Afonin (“Gazovik”)

“Gazovik” Rossiya birinchi divizionida 19 jamoa orasida 5-o'rinni egalladi. Bu klubda faoliyatini o'tkazgan Vadim Afonin uchun ushbu chempionat yaxshi kechdi. Futbolchimiz deyarli barcha o'yinlarda 90 daqiqadan to'p tepdi.

TURKIYA. 1-liga
Dilshod Rahmatullaev (“SHanliurfaspor”)

Turkiya birinchi ligasida hozircha kuchli oltilikka kirgan klublar o'rtasida pley-off bahslari o'tkazilmoqda. Dilshod Rahmatullaev klubi “SHanliurfaspor” 19 jamoa orasida 11-o'rinni qo'lga kiritdi. Demak, Rahmatullaev uchun ham mavsum tugadi. Dilshod o'zining yangi jamoasida o'rtacha o'yin ko'rsatdi.

BAA. Premer-liga
Aziz Haydarov (“Al SHabab”)

“Al SHabab”ning uchinchi o'rinni olishiga ozgina etmadi. Jamoa “Al Jazira”dan atigi bir ochko kam to'plab, to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi. Haydarov uchun esa mavsum o'rtacha kechdi. U ko'p uchrashuvlarda jamoa etakchisi sifatida namoyon bo'ldi.



Oybek Qilichev (“Al SHaab”)
BAA chempionatida 14ta klub ishtirok etadi. Oybek Qilichev to'p tepgan “Al SHaab” oxirgi o'rinni olib premer-ligadan tushib ketdi. “Al SHaab” atigi 13 ochko jamg'ardi. Bu esa Qilichevga ham tasir ko'rsatmay qolmadi. Katta ehtimol bilan u ortga qaytib kelsa kerak.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика