So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  13 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  3 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  59 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Legionerlar. Bugun Yo'ldoshev, Husanov, Ashurmatov, Rahmonaliev jamoalari o'ynaydi, Eronda "o'zbek derbisi" bor Yangiliklar

Legionerlar. Bugun Yo'ldoshev, Husanov, Ashurmatov, Rahmonaliev jamoalari o'ynaydi, Eronda "o'zbek derbisi" bor

15 aprel kuni bir nechta o'zbekistonlik legionerlar to'p tepadigan klublar ishtirokida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Belarus

Hujumchi SHahzod Ubaydullaevning "SHaxtyor" Soligorsk jamoasi Belarus Oliy ligasi 4-turida "Gomel"ni mehmon qiladi. 4- va 11-o'rin egalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

SHuningdek, mazkur chempionatda to'p tepadigan yana bir legionerimiz – O'zbekiston U-20 termasi himoyachisi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Amirbek Bakaevning "Energetik-BGU" klubi safarda "Neman" bilan bahs yuritadi. O'yin 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.  


Rossiya

Qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshevning "Nijniy Novgorod" jamoasi 23-tur doirasida Moskvada "Dinamo" bilan bahs yuritadi. 13-o'rinda borayotgan "Nijniy Novgorod"ning o'yini 16:00 ga belgilangan. 

SHuningdek, RPL doirasidagi yana bir bahsda yarim himoyachi Hojimat Erkinov o'ynayotgan "Torpedo" o'z uyida "Spartak" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

Bundan tashqari, MFLda ham legionerlarimiz ishtirokida o'yinlar bor. Jumladan, himoyachi Rustam Ashurmatov va xavbek Umarali Rahmonalievning "Rubin" jamoasi 27-turda "SHinnik" bilan uchrashadi. Qozon klubi o'yini 18:00 da boshlanadi.

Bundan tashqari, Vagiz Galiulinning "Nefteximik" klubi turnir autsayderlaridan biri "Krasnodar-2" bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 19:30 da boshlanishi kutilmoqda.


Eron 

Eron Pro-ligasi 26-turida "o'zbek derbisi" bo'lib o'tadi. Unda hujumchi SHerzod Temirovning "Paykon" jamoasi o'z uyida SHarof Muhitdinov to'p tepadigan "Sanat Naft" jamoasini mehmon qiladi. 13- va 15-o'rinni egallab turgan klublar o'rtasidagi bellashuv 21:00 ga belgilangan. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика