Lazizbek Mirzaev: "Lokomotiv"da qancha vaqt o'ynasam ham barcha musobaqalarda jamoa bilan g'olib chiqmoqchiman"
04 fev 2023 00:41
Yangiliklar
Lazizbek Mirzaev: "Lokomotiv"da qancha vaqt o'ynasam ham barcha musobaqalarda jamoa bilan g'olib chiqmoqchiman"
2006 yilda tug'ilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan professional shartnomasini imzoladi
"Odil Ahmedov futbol akademiyasi"dan "temiryo'lchilar" safiga kelib qo'shilgan yosh iqtidor sohibi ayni paytda asosiy jamoa bilan Antaliya shahrida yig'inda qatnashmoqda. Futbolchi saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Lokomotiv"gacha ham o'z ishimizni qilib, to'p tepib keldik. Qaysidir manoda o'zimni ko'rsata oldim, yakunda shu jamoaga qabul qilishdi. Endi asosiy tarkibga kirishga harakat qilaman va qancha vaqt o'ynasam ham jamoa bilan o'zimiz ishtirok etadigan turnirlarda g'olib bo'lishga harakat qilaman. Jamoadagilar yaxshi qabul qilishdi. Bu erda yangi yoki eski kelgan, degan narsalar yo'q.
Terma jamoa boshqa daraja. U erda ham imkoniyat berilsa bor kuchim bilan o'ynayman",- deydi Lazizbek Mirzaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar