LaLiga. "Real" mavsumni g'alaba bilan boshladi, Modrich "qizil" oldi
17 avg 2019 21:55
Yangiliklar
LaLiga. "Real" mavsumni g'alaba bilan boshladi, Modrich "qizil" oldi
Birinchi taymda Garet Beylning to'p uzatishidan keyin Karim Benzema hisobni ochdi - 0:1.
Ikkinchi bo'lim boshida Luka Modrich qizil kartochka olib maydonni tark etgach ko'pchilikda Madrid klubining g'alabasiga shubha paydo bo'ldi. Biroq ko'p o'tmy Toni Kroos ajoyib zarbasi bilan ikkinchi bor mezbonlarni ranjitdi - 0:2.
Uchrashuv tugashi 10 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan Lukas Vaskes o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi - 0:3. Mana shu uchta golga "Selta" faqat bir bor javob qaytara oldi xolos - 1:3.
Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" mavsumni g'alaba bilan boshladi. Ushbu o'yindagi barcha gollarni saytimizning telegramdagi rasmiy kanalida tomosha qilish mumkin: TELEGRAMGA O'TISH
Ispaniya chempionati
1-tur
Selta – Real Madrid 1:3 (0:1, 1:2)
17 avgust, 20.00, «Balaydos»
Gollar: 0:1 – 12 Benzema, 0:2 – 61 Kroos, 0:3 – 80 Vaskes, 1:3 – 90 Losada.
Selta – Ruben Blanko, Olasa, Vaskes, Kostas, Arauxo, Denis Suares, Mendes, Lobotka (Sisto, 75), Beltran (Diop, 83), Fernandes (Losada, 88), Aspas.
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior (Vaskes, 69), Kroos, Beyl (Isko, 75), Benzema (Yovich, 81).
Ogohlantirishlar: Vaskes (7), Ruben Blanko (12), Aspas (12), Vinisius Junior (36), Fernandes (49), Odriosola (64), Kostas (74).
CHetlatish: Modrich (56).
|
Celta Vigo Iker Losada - 90' |
LaLiga . 1-tur 17/08/2019, 21:00 3
:
1
Tugadi
|
Real Madrid Karim Benzema - 12', Toni Kroos - 61', Lucas Vazquez - 80' |
Stadion: Abanca Balaidos, 23566 tomoshabin
Bosh hakam: Xavier Estrada




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar