La Liga rahbari Tebas klublar o'rtasidagi JCH haqida: "Bu turnir boshqa o'tkazilmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman"
02 iyu 12:40
Yangiliklar
La Liga rahbari Tebas klublar o'rtasidagi JCH haqida: "Bu turnir boshqa o'tkazilmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman"
La Liga rahbari Xaver Tebas klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qarshi kurashishini aytdi.
"Men bu turnir boshqa hech qachon o'tkazilmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi Tebas.
Joriy yilda klublar jahon chempionati yangi formatda – yozda va 32 jamoa ishtirokida ilk bor o'tkazilmoqda.
Ispaniyadan turnirga "Atletiko" (guruh bosqichida chiqib ketdi) va "Real" (1/4 finalga chiqdi) qatnashdi.
Bundan avval Ispaniya ligasi rahbari KJCHda ishtirok etayotgan jamoalarning chempionat o'yinlarini ko'chirish istagidan norozi edi. Shuningdek, u katta mukofot pullarini (yarim finalga chiqish uchun 100 million evro) "raqobatni buzish" deb atagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar