So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

La Liga. "Barselona" o'z maydonida "Valyadolid"ni yirik hisobda mag'lub qildi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" o'z maydonida "Valyadolid"ni yirik hisobda mag'lub qildi

La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Valyadolid" o'yini yakunlandi.

La Liga. "Barselona" — "Valyadolid" 4:0

Gollar: Robert Levandovskiy (Rafinya) 24', Pedri (Usman Dembele) 43', Robert Levandovski (Usman Dembele) 65', Serxi Roberto 90+2'

"Barselona": 1. Mark-Andre ter Stegen, 4. Ronald Arauxo (20. Serxi Roberto 61'), 23. Jyul Kunde, 24. Erik Garsiya, 28. Alexandro Balde, 30. Pablo Gavira (21. Frenki de Yong 61'), 5. Serxio Buskets (19. Frank Kesse 76'), 8. Pedri, 22. Rafinya (10. Ansu Fati 61'), 9. Robert Levandovski, 7. Usman Dembele (11. Ferran Torres 82').

Zaxira: 26. Inyaki Penya, 36. Arnau Tenas, 3. Jerar Pike, 14. Memfis Depay, 16. Miralem Pyanich, 17. Per-Emerik Obameyang, 18. Jordi Alba.

"Valyadolid": 1. Jordi Masip, 2. Luis Peres, 5. Xavi Sanches, 24. Xoakin Fernandes, 18. Serxio Eskudero, 4. Kike Peres, 8. Monchu (10. Oskar Plano 46'), 6. Alvaro Aguado (17. Roke Mesa 46'), 21. Ivan Sanchez (19. Toni Vilya 61'), 23. Anuar (30. Roberto Arroyo 76'), 16. Serxi Gvardiola.

Zaxira: 7. Serxio Leon, 12. Lukas Olasa, 22. Seku Gassama, 27. Ivan Fresneda, 31. Alvaro Aceves.

Ogohlantirishlar: Monchu 45', Xavi Sanches 78', Kike Peres 79'

Barcelona

Robert Lewandowski - 24', Pedri - 43', Robert Lewandowski - 64', Sergi Roberto - 90'

LaLiga . 3-tur

28/08/2022, 22:30

0
:
4
Tugadi

Real Valladolid

Stadion: Spotify Camp Nou, 83972 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
24'  Robert Lewandowski
24'  Raphinha
43'  Pedri
43'  Ousmane Dembele
45'  Ronald Araujo
61'  Ronald Araujo (Sergi Roberto)
61'  Raphinha (Ansu Fati)
61'  Gavi (Frenkie de Jong)
64'  Robert Lewandowski
64'  Ousmane Dembele
76'  Sergio Busquets (Franck Kessie)
82'  Ousmane Dembele (Ferran Torres)
90'  Sergi Roberto
46'  Monchu (Oscar Plano)
46'  Alvaro Aguado (Roque Mesa)
61'  Ivan Sanchez (Toni Villa)
61'  Sergi Guardiola (Sergio Leon)
76'  Anuar (Roberto Arroyo)
78'  Javi Sanchez
79'  Kike Perez


90+3. O'YIN YAKUNLANDI!

O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni Levandovski darvozaga yo'lladi, avvaliga Masip qaytargan to'p darvoza to'siniga tegdi va ortga qaytdi, Serxio Roberto esa ushbu vaziyatda bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Serxio Roberto hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

84. O'yin tempi biroz tushdi. Asosan maydon markazida kechmoqda bahs. Har ikki jamoa vakillari navbati bilan oldinga o'tib turishibdi.

74. Dembelening darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi.

72. Ansu Fatining darvoza tomon yo'llagan zarbasini Masip qaytarib yubordi.

70. Tuxami juda qulay poziciyadan darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

69. "Valyadolid"dan ketma-ket hujumlar. ter SHtegen darvozasi tomon berilgan ikki zarbani ham germaniyalik posbon bartaraf eta oldi, yana birini himoyachi Kunde qaytarib yubordi. 

Dembele Levandovskini oldinga boshladi, polshalik futbolchi esa tovoni bilan zarba berdi va gol urdi!

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barsa" hisobni uchtaga oshirdi!

59. Gavining darvoza tomon yo'llagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.

50. Rafinyaning jarima zarbasidan darvoza tomon tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib, maydonni tark etdi.

49. Ushbu uchrashuvni "Kamp Nou" stadionidan bevosita 83 972 nafar muxlis tomosha qilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. "Valyadolid" jarima zarbasini amalga oshirdi. Anuar to'pni o'ziga to'g'rilayotganda Erik Garsin to'pni o'zi bilan ilib ketib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Sal qolsa avtogol bo'lishi mumkin edi...

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Dembele o'ng qanotdan oldinga yurish qilib to'pni jarima maydonchasi tomon kirib borayotgan Pedriga uzatdi, uning bergan zarbasi esa darvoza to'ridan joy oldi.

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pedri hisobni ikkitaga oshirdi!

37. Dembelening darvoza tomon erlatib bergan zarbasini Masip ushlab oldi.

27. Rafinyaning o'tkir burchakdan darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Rafinyaning havolatib jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini Robert Levandovski oyoqlari bilan darvozaga kiritib yubordi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Levandovski hisobni ochdi!

22. Dembelening darvozaga yo'llagan juda kuchli zarbasi darvozaning ustuni va to'sini tutashgan joyga tegib, maydonni tark etdi.

20. Rafinya jarima maydonchasi ichida o'ziga uzatib berilgan to'pni qabul qilib olib tepdi, ammo darvozabon bu vaziyatda ishonchli harakat qildi.

19. Levandovskining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib yo'nalishini o'zgartirdi.

16. Gavi o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq raqib futbolchilari xavfni bartaraf etishdi.

12. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Levandovski bosh bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib, Masipning elkasiga tegdi, yakunda baribir to'p darvozaga kirmadi.

11. Balde chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, ammo bu vaziyatda hech kim yakuniy zarbani bermadi.

3. "Barselona" hujumda faol. Jamoa 3 daqiqada ikkinchi burchak zarbasini amalga oshirmoqda.

2. Ilk daqiqalarni maydon egalari faollik bilan boshlandi, Rafinya katta tezlikda oldinga kirib bordi, mehmon jamoa himoyachilari esa xavfni bartaraf etdi.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 22:30 da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика