KXDR – O'zbekiston uchrashuvi qaerda bo'lib o'tishi nomalum
25 avg 00:10
Yangiliklar
KXDR – O'zbekiston uchrashuvi qaerda bo'lib o'tishi nomalum
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, 19 noyabr sanasiga belgilangan bahs shu paytgacha KXDR uy o'yinlari uchun foydalanib kelgan Laosdagi milliy stadionda bo'lish ehtimoli juda kam.
Ayni paytda mezbon KXDR uchrashuvni Tailandda o'tkazish varianti haqida o'ylamoqda. O'zbekiston futbol associaciyasi esa bahs Saudiya Arabistonida o'tkazilishini xohlayapti.
Malumot o'rnida, 26 mart kuni JCH ikkinchi saralash bosqichi doirasida o'tishi kerak bo'lgan KXDR – Yaponiya bellashuvi o'tkazilmagan va "samuraylar"ga texnik g'alaba taqdim etilgandi. O'shanda KXDR tomoni qandaydir virusni bahona qilib, Yaponiya termasini mamlakatga kiritishni istamagan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH uchinchi saralash bosqichi doirasidagi yurishini 5 sentyabr kuni Toshkentda boshlaydi. O'zbekiston shu kuni "Bunyodkor" stadionida aynan KXDRga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq O'zbekiston, Qatar, BAA va Qirg'iz Respublikasi OFKga xat yozgan edi.
Fikrlar
Абрамов хам буни уша вактда тан олган шунинг учун хар доим биоовнинг ютказишига эмас узимиз очко олишимизга барча этиборни каратиш керак