So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Kvesieshvilining avtodubli yoxud gruziyalik futbolchidan 2ta o'yinda 4ta gol Yangiliklar

Kvesieshvilining avtodubli yoxud gruziyalik futbolchidan 2ta o'yinda 4ta gol

Oliy liganing so'nggi 2 turida Kvesieshvili o'zini muxlislarga yanada eslatib qo'ydi.
Yurtimizdagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan gurziyalik himoyachini ishqibozlarimiz “Buxoro” va “Olmaliq”dagi faoliyati orqali yaxshi bilishadi.  Markaziy himoyachi joriy mavsumdan “Qizilqum” sharafini himoya qilib kelmoqda. “Konchilar” safida ham etakchilikni o'z qo'liga olgan futbolchi, asosiy tarkibning muhim bir azosi bo'la oldi. Kvesieshvili oliy liganing so'nggi ikki turida jami 4ta gol kiritdi. Etiborlisi u har bir o'yinda ikkitadan gol urib kelmoqda.

Xususan 19-turda “Olmaliq”qa kechgan bahsda Georgiy himoyachiga bo'lishiga qaramay sobiq jamoasi darvozasini ikki bor aniq nishonga ola bildi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganida, aniqrog'i, 88 va 90+1-daqiqalarda futbolchi olmaliqliklar darvozasi tomon aniq zarba yo'llab, “Qizilqum”ga muhim g'alaba keltirgandi. Etiborlisi, navoiyliklar bungacha 1:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi.

SHuningdek Georgiy kuni-kecha bo'lib o'tgan 20-tur o'yinida ham ikkita gol kiritishga erishdi. Bu safar har ikki gol ham o'z darvozasiga. Aslida navoiyliklar shu kuni “Dinamo” maydonidan kamida durang bilan qaytishga juda yaqin turgandi. 5-daqiqada Kvesieshvili o'z darvozasiga to'satdan to'p kiritib yuborganidan so'ng, “Qizilqum” azosi Alisher Azizov muvozanatni tiklashga erishgandi. Biroq 85-daqiqa o'tib borayotganida gurziyalik futbolchi yana jamoasini qiyin axvolga solib qo'ydi va “konchilar”  shu tariqa alamli mag'lubiyatga uchradi. Albatta bu har qanday futbolchi uchun yoqimsiz xolatdir. Joriy mavsum hisobidan antidubl qayd etgan futbolchi hozircha birgina Georgiy bo'lib turibdi. Ko'ramiz buni qolgan turlarda kimdir takrorlarmikin. Ishonamizki, Kvesieshvili endi keyingi turlarda jamoasi uchun foyda keltiradigan gollar uradi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика