Kvaracxeliya "Napoli"dan ketmoqchi emas
28 mar 2024 19:33
Yangiliklar
Kvaracxeliya "Napoli"dan ketmoqchi emas
"La Gazzetta dello Sport"ning xabar berishicha, Xvicha Kvaracxeliya "Napoli"da yana bir mavsum qolmoqchi. Aynan shu yo'l bilan futbolchi yanada o'sib, keyingi darajaga chiqmoqchi. Xvichaning otasi va agenti ham bu fikrni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Gruziyalik vinger Neapolda hozirda 1,5 million evro ishlab topadi va yangi 2028 yoki 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ko'ra, yiliga kamida 4,5 mln evro, bonuslar bilan birga, ishlab topadi.
Futbolchining o'zi qolish istagidaligiga qaramay, "Napoli" va Kvaracxeliyaning vakillari hali yangi shartnomaning moddiy tomoni hamda tovon puli haqidagi band haqida kelishib ulgurishmagan.
Malumot uchun, Xvicha “Napoli”ga 2022 yilda kelib qo'shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq, "Napoli" Viktor Osimxen bilan yangi shartnoma imzolagani va unda futbolchi transferining tovon puli 120-130 mln evro etib belgilangani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar