Kurtuaning otasi: "Jurnalistlar o'g'limni nishonga olishgan"
13 mar 2019 18:21
Yangiliklar
Kurtuaning otasi: "Jurnalistlar o'g'limni nishonga olishgan"
"Real" posboni Tibo Kurtuaning otasi Terri Kurtua jurnalistlarning o'g'liga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Hamma Tiboni ninshonga olganini his qilyapman. Men Ispaniya va Belgiya matbuotini nazarda tutyapman. Ota sifatida bunga ko'z yuma olmayman. Darvozabon har doim asosiy nishon bo'lgan, ammo "Ayaks"ga qarshi bahsdagi to'rtinchi goldan so'ng hamma unga tashlandi. O'g'lim uchrashuvni yaxshi o'tkazgan edi. Bitta xato tufayli barchasiga Tibo aybdor bo'lib qoldi.
OAV o'g'lim haqida shaxsiy malumotlarni elon qilayotganini kuzatyapman. Jurnalistlarning o'g'limga bo'lgan munosabatini ko'rib turibman. Bundan havotirga tushib qoldim. Ammo Tibo nima qilish kerakligini biladi" - deydi futbolchining otasi.
Fikrlar