Kurtua Zamora sovrini uchun kurashda Oblakni ortda qoldirmoqda
25 iyu 2020 07:57
Yangiliklar
Kurtua Zamora sovrini uchun kurashda Oblakni ortda qoldirmoqda
“Real” La Liganing navbatdagi turida “Malorka”ni 2:0 hisobida engdi.
Uchrashuvda Madrid klubi darvozasini Tibo Kurtua qo'riqladi. Tibo mavsum so'ngida eng kam gol o'tkazgan darvozabonga topshiriladigan Rikardo Zamora nomidagi sovrin uchun kurashda “Atletiko M” posboni Yan Oblakdan o'tib ketdi.
Kurtua joriy mavsum La Liga doirasida 28 ta o'yinda 18 ta gol o'tkazdi. O'rtacha bitta o'yinda 0,64 gol. Oblakda esa bu ko'rsatkich 0,71 ni tashkil etmoqda.
Qayd etish joiz, Kurtua 12 yil ichida ushbu sovrinni qo'lga kiritgan “Real”ning Iker Kasilyasdan so'ng ilk posboni bo'lishi mumkin. Tibo bu sovrinni 2012/13, 2013/14 yilgi mavsumlarda “Atletiko” safida qo'lga kiritgan.
So'nggi 4 mavsumda esa ushbu Zamora sovrini Yan Oblakka nasib etib kelayotgandi.
Fikrlar