Kurtua ketma-ket ikkinchi yil Samora sovrinini qo'lga kiritdi
18 may 2014 11:31
Yangiliklar


Kurtua ketma-ket ikkinchi yil Samora sovrinini qo'lga kiritdi
Atletiko darvozaboni Tibo Kurtua ketma-ket ikkinchi bor Ispaniya chempionatining eng yaxshi posboni deb topildi.
22 yoshli darvozabon 37ta o'yinda 24ta gol o'tkazib yubordi va Samora sovrinini qo'lga kiritdi. U har bir o'yinda o'rtacha 0,64tadan gol o'tkazib yubordi. Kurtua bu borada Atletik posboni Gorka Iraysos va Real darvozaboni Diego Lopesni ortda qoldirdi. Ular o'rtacha 0,97tadan gol o'tkazib yuborishgan.
Eslatib o'tamiz, kecha Atletiko 1996 yildan buyon ilk bor Ispaniya chempioni bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, kecha Atletiko 1996 yildan buyon ilk bor Ispaniya chempioni bo'ldi.

Fikrlar