So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

"Kuchli sport menejeri minimal imkoniyatdan maksimal foydalanadigan mutaxassis". Germaniyada talim olayotgan o'zbekistonlik talaba bilan intervyu Yangiliklar

"Kuchli sport menejeri minimal imkoniyatdan maksimal foydalanadigan mutaxassis". Germaniyada talim olayotgan o'zbekistonlik talaba bilan intervyu

"Mashal" akademiyasining yo'lga qo'yilishi, "Paxtakor"ning uzoq yillar chempionlik yurishi, yangi iqtidorlarning etishib chiqishi sizga nimani anglatmoqda?

Albatta, barqaror boshqaruvni. Bunda esa ushbu jamoada faoliyat olib borgan menejerlar katta jonbozlik ko'rsatishgan. Bahrom Davlatov va Samvel Babayanning tashkilotchilik borasidagi ishlariga ortiqcha tarif berishimiz shart emas, lekin futbolimiz so'nggi yillarda bunday shaxslar bilan maqtana olayotgani yo'q. Biz mana shu mavzu yuzasidan ayni paytda Germaniyada "University of Europe for Applied Science" universitetida "Xalqaro sport menejmenti" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan Muhriddin Yo'ldoshevni suhbatga chorladik. 

- Muhriddin, birinchi bo'lib o'zingiz haqingizda o'zbekistonlik muxlislarga aytib bersangiz...

- Assalomu alaykum. Avvalambor, intervyuga taklif qilganingiz uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. O'zim haqimda gapiradigan bo'lsam, 1996 yil Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida tavallud topganman. 6-7 yoshimdan boshlab sportning bir nechta turlariga qizishni boshladim. 9 yoshimda dadam ilk bor futbol tomosha qilish uchun "Paxtakor" stadioniga olib borgan edilar. O'shanda O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2006 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqqandi. Anvar Solievning so'nggi daqiqalarda kiritgan to'pi bizni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. O'sha gol stadiondagi minglab ishqibozlarga o'zgacha energiya berdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Havo sovuq bo'lishiga qaramasdan, o'yingoh yonganini aytmaysizmi. 2020 yil O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagach, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida bosh mutaxassis sifatida mehnat faoliyatimni boshladim. Maqsadim sport tizimidagi muammolarni quyi pog'onadan boshlab o'rganish edi. Kerakli xulosalarni olgach, boshqarmadagi faoliyatimni yakunladim. 2021 yilda Germaniyaning "University of Europe for Applied Science" universitetining "Xalqaro sport menejmenti" yo'nalishi bo'yicha magistratura bosqichiga qabul qilindim. 4 smestr davom etadigan o'quv mavsumining dastlabki yilida bizga yuqori saviyadagi doktor va professorlar tomonidan darslar o'tilmoqda. Universitetimizning Bundesligada ishtirok etuvchi "Gerta", "Union Berlin" futbol klublari bilan hamkorlik shartnomasi bo'lganligi uchun keyingi yil aynan shu jamoalarda amaliyot o'tashni rejalashtirganmiz. 

- O'zining futbol tizimi bilan mashhur sanalgan Italiya, Belgiya, Niderlandiya kabi davlatlar ham bor-ku, nima uchun aynan Germaniyani tanladingiz?

- Germaniyani bir nechta sabablar tufayli tanladim. Birinchidan, Germaniya Evropada Angliyadan keyin eng kuchli talim tizimiga ega davlat. Ikkinchidan, nemis sporti butun dunyo tan oladigan mutaxassislarga ega. Faqat futbol emas, boshqa sport turlari ham rivojlangan. 

- Bugungi kunda futbolimiz menejment sohasida maqtagulik darajada emas. Bizga mana shu pallada Germaniya metodikasi mos keladi. Bu davlatdan andoza olib, yurtimiz futbolida aynan menejment bo'yicha tub burilish yasay olamizmi?

- Mana hanuzgacha mundial biz uchun armon bo'lib kelmoqda. Ko'pchilik ishqibozlar futbolchi va murabbiylarni ayblashadi. Men kimdandir ayb qidirmoqchi emasman. Lekin ishonchim komilki, jahon chempionatiga chiqishimiz uchun nafaqat maydondagi, balki maydon tashqarisidagi strategiyani ham to'g'ri tanlay olishimiz zarur. Germaniya metodikasidan birinchi bo'lib bolalar futbolida foydalanishimiz kerak deb o'ylayman. "Odil Junior"ga o'xshagan loyihalarni ko'paytirish darkor.


- Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun doim bitta gol, bir ochko etmay qoladi. Mutaxassisligingizdan kelib chiqib bizga etishmayotgan narsani mohiyatini ochib bersangiz.

- Dastlabki muammolardan biri — terma jamoada raqobatning kuchli emasligi. Bitta poziciyada bir nechta kuchli ijrochilar bo'lsagina murabbiyda taktik tomondan variantlar ko'payadi. Maydon tashqarisida qilinadigan ishlardan biri — bolalar futbolini keskin rivojlantirish. Germaniya futbol tizimida bolalar futboli muhim rol o'ynaydi. Berlinning o'zida bunday maktablar juda ko'p. Ular orasida raqobat juda kuchli. SHu bois Germaniya terma jamoasida avlodlar almashinuvi tez kechadi. 

- Yaqinda "Gerta" klubining menejeri bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mana shu seminardan olgan taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Mazkur seminar sport menejmentida strategiya mavzusida tashkillashtirildi. O'zim uchun ko'plab malumot va xulosalarga ega bo'ldim. Seminar yakunida "Gerta" klubi menejeri Eynshteyndan iqtibos keltirdi. "Agar muammoni hal qilish uchun bir soat vaqtim bo'lsa, 55 daqiqani uni o'ylashga, 5 daqiqani echimiga sarflardim",- dedi. Yani sportda ko'plab muammolarni bartaraf qilish uchun mukammal o'rganib, oldindan to'g'ri strategiya tanlab harakatga kirishish kerak. Aks holda, uzoqqa borish qiyin. 

- Nima deb o'ylaysiz, klublarimizda birorta loyihaning uzoqqa bormasligi, menejment bilan bog'liq muammolar, aniq strategiyaning yo'qligidan darak beradimi?

- Buning bir qancha sabablari bor. Lekin asosiysi mablag' va yuqori saviyali mutaxassislar etishmasligidir. Bu ikki omil bir-biriga chambarchas bog'liq. Yani biri bo'lib, ikkinchisi etishmasa yuqori natijalarga erishib bo'lmaydi. Futbol klublarimizda qaysi biri bor? Misol uchun, Germaniyaning 3-diviziondagi autsayder klubida har doim mablag' bilan taminlab turadigan homiysi mavjud. Klublarimizni xususiylashtirib, bir qancha homiylar topib, kuchli menejerlarni jalb qilsak, albatta, natija beradi.

- Sizningcha, kuchli menejer kim? Yo'qdan bor qiladigan mutaxassismi yoki bor imkoniyatdan natija qila oladiganmi?

- Kuchli sport menejeri minimal imkoniyatdan maksimal foydalanadigan mutaxassisdir, biroq unga ishlash uchun imkoniyat bo'lishi zarur. SHaroit va imkoniyat bo'lmasa, Evropadagi eng kuchli menejerni olib kelsangiz ham, hech narsa qilib bera olmasligi mumkin. 

- Berlindagi hayot tarzingiz haqida fikringizni bildirsangiz...

- Bu erdagi kunimning ko'p qismi universitetdagi darslar, yangi tillarni o'rganish bilan o'tmoqda. 

- Futbol uchrashuvlariga tushdingizmi?

- Ayni paytda ancha qiyin. Pandemiya sababli chiptalar kam chiqariladi. Ularning aksar qismi fan-klubga azo ishqibozlar tomonidan olinadi. Fan-klubga azo bo'lmasangiz, chiptani ancha qimmatga sotib olasiz.


- Stadion atrofida muxlislarga qanday qulayliklar yaratilgan?

- Garchi o'yinlarga tushmagan bo'lsam-da, arena atrofini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldim. Klub va muxlislar bir oiladek. Har qanday holatda ham ishqibozlar o'z jamoasini qo'llab-quvvatlaydi. Jamoalar ham ularga yordam berib turadi. Xayriya akciyalari tashkil qilinadi. 

- Bilishimizcha, Berlinda o'zbekistonliklar bir bo'lib futbol o'ynab turar ekansizlar...

- Berlindagi vatandoshlarimiz bilan har yakshanba havo qanday bo'lishidan qatiy nazar, futbol o'ynaymiz. Bu biz uchun uzoq yillik anana hisoblanadi. 6-7 yoshli bolalardan tortib, 50 yoshgacha bo'lgan o'zbeklar bor. Futbol uchrashuvidan so'ng oshga boramiz. Juda ko'p yurtdoshlarimiz kelishadi. Musofirchilikda bunday uchrashuvlar katta kuch beradi. Yolg'iz ekanligingizni sezmaysiz. Bu erda "Nihol" o'zbek-olmon jamiyati tashkil qilingan.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Hozircha universitetni alo baholarga tamomlab, kuchli sport menejeri bo'lib etishish. Albatta, yurtimizga qaytib, amalga oshiradigan loyihalarni o'ylab qo'yganman. Xudo xohlasa yurtimizga foydamiz tegishi uchun harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика