So’nggi yangiliklar

15:37Ўзбекистон U-17нинг асосий таркиби маълум  3 14:56"Андижон"нинг собиқ мураббийи Рубин Хебайнинг қандай топилгани ва нима учун клубдан кетгани ҳақида сўзлади  3 14:32"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози  2 13:59Футзал. Ўзбекиcтон қуръада 2-саватчада бўлади  1 13:42Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди  5 13:16"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас"  5 12:39"Пахтакор" Ўзбекистон Кубоги билан водийда турне уюштирди  0 12:12Бахтиёр Ашурматов: “Пахтакор яққол фаворит, лекин "Бухоро" охиригача курашади”  2 11:47"У осонликча топ-5 чемпионатларига бора оларди". "Пахтакор" ўринбосарлар жамоасининг собиқ мураббийи у билан ишлаган энг истеъдодли футболчи ҳақида  5 11:20Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  4 11:00"Барселона" Ямалга тақиқ қўйди  18 10:39Мурод Исмоилов: “Кубок финалида ҳамма нарса бўлиши мумкин”  0 10:18Александр Мерзляков: "2010 йилги "Бунёдкор"га қарши кубок финалини эсимдан чиқара олмайман, бугун нима бўлишини якунда биламиз"  2 09:55Винисиус "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  9 09:24Ўзбекистон Кубогини кетма-кет 2 марта ютган мураббийлар. Хомяков бугун улар сафига кирадими?  3

❗️ Kuchlilar saralandi: Namanganda mavsum finali va dahshatli afishalar Yangiliklar

❗️ Kuchlilar saralandi: Namanganda mavsum finali va dahshatli afishalar

O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichi yakunlandi.

Unga ko'ra, deyarli barcha juftliklarda favorit deya baholangan jamoalarning qo'li baland keldi.




Dastlabki to'qnashuv, Olmaliqda o'tgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan boshqa barcha juftliklarda o'z favoritlari mavjud edi. Birgina poytaxt derbisida teng kuchli va joriy mavsum maqsadlari kamtarlashgan jamoalar o'zaro uchrashdi. O'yin ham jamoalarning holatlaridan kelib chiqib teng kurashlar ostida o'tdi va g'olib eng oxirgi bosqich, yani penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. O'yinda bo'lgani kabi mazmunliroq o'ynagan va ustunroq ko'ringan "Lokomotiv" lotereyada omadli chiqdi.




Vodiy derbisi maqomidagi Superliga vaznidan engilroq bo'lgan Pro-liga favoritlarining o'zaro janggida "Andijon" Pro-ligada bo'lgani kabi "Turon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va chorak final masalasini ortiqcha qiyinchiliksiz hal etdi. To'g'ri, birinchi bo'limdagi ustunlikdan keyin xotirjamlikka berilgan "Andijon"ning o'yini bo'shashishi natijasida "Turon" kiritgan ikki goldan keyin uchrashuvda intriga bir muddat "tirilgandek" tuyulgandi. Ammo "Andijon" baribir birinchi bo'limda o'rnatgan ustunlikni saqlab qola bildi va kuchli jamoa chorak finalga yo'l oldi.




Toshkentda o'tgan "Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvida kutilganidek mazmunli o'yinni Kapadze jamoasi namoyish etgan bo'lsa, natijaga o'ynash hadisini olgan Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" ortiqcha urunishlarsiz kerakli natijani birgina Jamshid Boltaboevning aniq zarbasi orqali hal qildi. "Paxtakor" esa shu kuni Toshkent shahrining narigi chekkasida G'uzordan kelgan Pro-liga autsayderiga ham aylanib ulgurgan "SHo'rtan"ni xotirjam mag'lub etdi.




Navoiyda esa "Qo'qon-1912" "Qizilqum"ga bosh og'riq tug'dirishga har qancha urinmasin mezbonlar mahorat evaziga raqibni ortiqcha qiyinchiliksiz zararsizlantirishdi va chorak final masalasini hal etishdi. Jizzaxda esa "So'g'diyona" o'yin taraflama juda katta muammoga duch kelishiga qaramasdan "Mashal"ni qo'shimcha taymlarda ishonchli mag'lubiyatga uchratdi. Pro-liganing yana bir vakiliga ham jismoniy kuch etishmovchiligi, ham mahorat darajasidagi farq xalaqit qildi va natijada "So'g'diyona" kutilganidan qiyinroq bo'lsada chorak final masalasini hal etdi.




Olmaliqda haqiqiy kubok o'yinlariga xos tarzda boshlangan nimchorak final uchrashuvlari aynan Olmaliqda derbi orqali yakunlandi. Bu to'qnashuvda ham birinchisida bo'lgani kabi g'olib nomi asosiy vaqtda aniqlanmadi va ekstra taymlarga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Faqat bu gal AGMK jamoasi masalani lotereyaga qadar cho'zmasdan, qo'shimcha taymlarda g'olib nomini aniqlashga erishishdi. AGMK "Metallurg"ga qarshi davom etgan noxush seriyasini kubok o'yinidagi qo'shimcha taymlarda yakunladi.




SHu tariqa O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidagi barcha juftliklarda kutilgan favorit jamoalar chorak finalga yo'l olishdi.

Qura natijasiga ko'ra, "Lokomotiv" Qarshiga "Nasaf" mehmoniga aylanadigan bo'ldi. "Paxtakor" esa Namanganga safar uyushtirishiga to'g'ri keladi. Qizig'i, bu ikki to'qnashuv avvaliga chempionat doirasida o'tsa, oradan 3-4 kun o'tgach kubok bosqichida davom etadi. AGMK esa Andijonga safar qilsa, "Qizilqum" birinchi davrada ajoyib o'yin ko'rsatgan Jizzaxdagi stadionga yana bir bor tashrif aylaydi.




Jeparov "Lokomotiv" ustozi sifatida debyut o'yinini ketma-ket Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi. Jeparov katta futboldagi murabbiy rolidagi ilk imtihonini Ro'ziqul Berdievga topshiradi. Maksim SHackix esa mavsumning eng muhim, hal qiluvchi finalga teng o'yinlarni qatorasiga ikki marta har ikkala frontda Namanganda, "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida toshkentliklar uchun begona bo'lmagan Samvel Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mirjalol Qosimov esa Andijonda AGMK sobiq bosh murabbiyi Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasiga qarshi bahslashadi. Ulug'bek Baqoevga Jizzaxda hech kim qila olmagan ishni bajarib, Superliga doirasida "tarsaki" tortgan Nikola Lazarevich "Qizilqum" bilan yana bir bor "So'g'diyona" mehmoniga aylanadi.




Xullas, buyog'iga O'zbekiston kubogi chorak final o'yinlarida oson, favoriti aniq yoki o'tkinchi o'yinlar deyarli qolmagan. Har bir uchrashuv o'zgacha afishaga, o'z qadr-qiymatiga ega bahslar. Taktik kurashlar, ayyorona yurishlar, g'alaba oltinga teng bo'ladigan o'yinlar yaqin. Superliga qanchalik qiziq va keskin o'tayotgan bo'lsa, kubok bundan aslo mustasno bo'lmasligi haqiqatga yaqin. CHunki kubokda maqsadsiz jamoalar deyarli qolmadi. "Lokomotiv" aynan kubok orqali OCHLga sayohatni o'ylayotgan bo'lsa, Kumikov "Andijon" bilan AGMKga sovg'a tayyorlashga urinishi tabiiy. Olmaliqda "Metallurg" bilan qiynalgan AGMK Andijonga oson safar qilishiga kafolat yo'q. Qarshida Jeparov Berdievga yangicha zamonaviy futbol falsafasidan dars o'tadimi yoki o'quvchi sifatida dars oladimi, bu ham hali ochiq savol. Namanganda esa nimalar ruy berishini oldindan taxmin qilishga hech kim jazm qilolmasa kerak...




 Toshkandiy

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика