So’nggi yangiliklar

08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  2 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  11 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0

Kosmin Olario: "Hali ham 3ta jamoada keyingi bosqichga yo'l olish uchun imkoniyat bor" Yangiliklar

Kosmin Olario: "Hali ham 3ta jamoada keyingi bosqichga yo'l olish uchun imkoniyat bor"

"Nasaf" hamda "SHarja" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 4-tur o'yinidan (1:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Kosmin Olario matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Kosmin Olario: "Bugungi o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytman. SHuncha muammolar, jarohatlar bo'lishiga qaramay, pozitiv natijaga erishdik. "Nasaf"ni guruhdagi eng kuchli jamoa deb bilaman. Bunday qiyin bahsda durang qayd etish - yomon natija emas."

- "SHarja"ning tarkibi "Nasaf"nikiga nisbatan qimmatroq. Bugungi durang g'alabaga tengmi?

- Esingizda bo'lsa, "Nasaf" "Al Sadd"ni yutdi. Qatar klubining tarkibi ham Qarshi klubinikidan kimmatroq, lekin futbolda nomlar emas, jamoa qanday o'ynashi muhim. Tarkibimiz to'liq bo'lganida, natija boshqacha bo'lardi.

- Musa Marega va Sebastyan Talyabulardan bugun birinchisini tanladingiz?

- Ikkala hujumchimizning saviyasi bir xil. Bugun pressing uyushtiradigan o'yin qurishni reja qilib, Maregani tanladik.

- Xalqaro o'yinlarda o'yinni cho'zish evaziga natijaga erishishga qanday qaraysiz?

- Bunday holat hammada uchrab turadi. Vaziyat shunga majbur qilishi mumkin.

- "Nasaf" SHarja va Qarshida penaltidan foydalana olmadi. Mutaxassis sifatida bu vaziyatga qanday qaraysiz?

- Bu o'yinning bir qismi. Bunaqasi bo'lib turadi, penalti urilmasligida darvozabonning roli ham bo'ladi. Posbonlar raqib futbolchilarining jarima zarbalarini o'rganib chiqishadi. "Nasaf" hujumkor o'yin ko'rsatadigan jamoa bo'lgani uchun bizga qarshi ikkita bahsda ikkita penalti tepdi.

- "Nasaf"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz.

- Hali ham 3ta jamoada keyingi bosqichga yo'l olish uchun imkoniyat bor. Farq katta emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика