So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Korostichenko va Maqsudovga tegmang! Yangiliklar

Korostichenko va Maqsudovga tegmang!

Bugun O'zbekiston Superligasining 8-turidan o'rin olgan bahslar start oladi.

Quvonarlisi dastlabki 7ta turdan keyin Superligamizda bironta murabbiy istefoga chiqarilgani yo'q. Murabbiylar qo'nimsizligi hech qachon hech qaysi jamoaga yordam bermagan.

Albatta, rahbariyat natija ijobiy bo'lavermagach oxiri bosh murabbiyni ishdan bo'shatishga majbur bo'ladi. Ammo ikki murabbiy borki ular jamoasi ijobiy natija qayd etmasa ham o'z lavozimida qolishi kerak, kamida yil oxirigacha.

Bular Denis Korostichenko va SHuhrat Maqsudov. Nega deysizmi? Sababi rahbariyat bu ikki murabbiy oldiga yoshlarni o'ynatish vazifasini qo'ygan. Ikkala klubda ham moliyaviy holat oldingi vaqtlardagi kabi TOP emas. Ayniqsa "Lokomotiv"da. To'g'ri ikkala jamoada ham tajribali futbolchilar juda ko'pchilikni tashkil etadi va yoshlar sanoqli maydonga tushmoqda. Masalan "Bunyodkor"ning moliyaviy holati zo'r bo'lganida qishda boshqa klubga ketgan futbolchilarni o'z safida saqlab qolgan bo'lardi. "Lokomotiv"da ham shunday vaziyat. Ikkala jamoa rahbariyati bu yil yoshlar va boshqa klubda o'z o'rnini yo'qotib qo'ygan futbolchilar bilan o'ynashga rozi bo'ldimi demak bosh murabbiyga 7ta yoki 10ta tur emas ko'proq imkon berishi shart.

Quyi pog'onalarda borayotgan boshqa jamoalarimizda vaziyat o'zgacha. U erdagi murabbiylar o'zlariga kerakli bo'lgan futbolchilarni deyarli barchasini qo'lga kiritishdi, tarkib yuqoridagi ikki klubdan farqli ravishda kuchaytirildi va rahbariyat ulardan natija kutishga haqli.

SHunday ekan "Bunyodkor" va "Lokomotiv" rahbariyatiga sarlavhadagi gapni takrorlaymiz: Korostichenko va Maqsudovga tegmang! Bu mening o'ta shaxsiy fikrim.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика