Konte: "Agar "Tottenxem" APL va CHempionlar Ligasida raqobatbardosh jamoa bo'lishni istasa, tarkibni kuchaytirish kerak"
		
		24 okt 2022 15:41
        Yangiliklar	
	
				
				Konte: "Agar "Tottenxem" APL va CHempionlar Ligasida raqobatbardosh jamoa bo'lishni istasa, tarkibni kuchaytirish kerak"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte APLning 13-turi doirasidagi "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
			"Birinchi o'tkazib yuborilgan golgacha ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ehtimol, astoydila harakat qilganimizda gol urgan bo'lardik. Keyin yana bir epizod yuzaga keldi, biroq hozir hakamning qaroriga izoh berishni istamayman. 
Ikkinchi gol qarshi hujumda urildi. Biz harakat qildik, ammo mag'lubiyatdan qutulib qola olmadik.
Agar Premer-liga va CHempionlar Ligasida raqobatbardosh jamoa bo'lishni istasak, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Doimiy o'ynasangiz, jarohatlar bo'ladi. Agar uch-besh nafar futbolchi safdan chiqsa, bu butun jamoa uchun muammoga aylanadi", – dedi Konte.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar