Kompani: "Messi qanday qilib hali ham shunday o'ynayapti, bilmayman"
23 iyu 12:28
Yangiliklar
Kompani: "Messi qanday qilib hali ham shunday o'ynayapti, bilmayman"
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi o'yinidan hayratda ekanligini bildirdi va muxlislar u bilan bo'lgan har bir daqiqani qadrlashi zarurligini aytdi.
"Inter Mayami"ning o'ziga xos futbolchisi bor. Menimcha, u bilan yoshimiz teng. U qanday qilib hali ham shunday o'ynayapti, bilmayman. Biz hamon uning o'yinlarini zavq bilan tomosha qilyapmiz. Messi maydonda bo'lgan har bir lahzani qadrlashimiz kerak deb o'ylayman", – deydi mutaxassis.

Afsonaviy argentinalik futbolchi "Portu"ga qarshi o'yinda (2:1) to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasi orqali jamoasiga g'alaba keltirgan golni urdi.
"Inter Mayami"ning navbatdagi o'yini Braziliyaning "Palmeyras" klubiga qarshi kechadi. Uchrashuv 24 iyun kuni 06:00 da boshlanadi. Har ikki jamoa pley-offga chiqishi uchun durang natija ham kifoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar