So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  15 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Komilov va O'rinboev gol urgan bahsda "Navbahor" Armaniston klubini mag'lub etdi Yangiliklar

Komilov va O'rinboev gol urgan bahsda "Navbahor" Armaniston klubini mag'lub etdi

O'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig'in doirasidagi oltinchi nazorat bahsini bugun Armaniston birinchi ligasi vakili Erevanning “Uest” klubiga qarshi o'tkazdi.

Belek shahridagi “Suena” stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda namanganliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Mazkur uchrashuvning 17-daqiqasida jamoamizning tajribali himoyachisi G'iyosjon Komilov raqib darvozasidan 30 metrlar chamasi uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:0.

Urilgan goldan so'ng, hujumkorlikni yanada kuchaytirgan Andrey Kanchelskis shogirdlari 35-daqiqada hisobdagi farqni yanada oshirishdi. Mahoratli hujumchi Zabihillo O'rinboev “Navbahor”ning navbatdagi hujumini samarali tarzda yakunladi – 2:0.

Natijada “lochinlar” tanaffusga ushbu hisobdagi g'alaba bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa azolarida gol urish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, ulardan samarali tarzda foydalana olishmadi. SHu tariqa namanganliklar ushbu o'yinda yutuqqa erishishdi.

Mazkur bahsda "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: Dilshod Hamroev, Tohir SHamsitdinov, Obid Jo'raboev, G'iyosjon Komilov, SHahzodbek Hamidov, Sardor Telyakov, Amirbek Jo'raboev, Abbos G'ulomov, Husayn Ergashboev, Anvar Hojimirzaev, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Mirkomil Lokaev, Abdulhay Ismoilov, Ruslan Bolov.

“Navbahor” qatorasiga uchta durangdan so'ng, nihoyat, navbatdagi nazorat o'yinida zafar quchdi. Eslatib o'tamiz, namanganliklar oldingi o'rtoqlik bahslarida Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Qozog'istonning “Jetisu” klubi bilan 1:1, Ukrainaning “Kolos” jamoasi bilan 0:0 va Gruziyaning “Samtredia” klubi bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.

“Navbahor” Turkiyada yana 1ta nazorat-sinov o'yini o'tkazadi. Mazkur o'rtoqlik bahsi 20 fevral kuni bo'lib o'tadi. Ammo “lochinlar”ning raqibi qaysi jamoaligi hozircha nomalum.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика