Klyuyvert ijara asosida "Roma"dan "Valensiya"ga yo'l oldi
02 sen 2022 11:18
Yangiliklar
Klyuyvert ijara asosida "Roma"dan "Valensiya"ga yo'l oldi
Niderlandiyalik vinger Jastin Klyuyvert Rimning "Roma"sidan "Valensiya"ga o'tdi, deb xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.
Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi endi bir yil davomida Ispaniyada o'ynaydi. Uning harakatlari "Mestalya" egalariga maqul kelsa, futbolchini 15 million evroga sotib olishlari mumkin.
Avvalroq uning Angliyaning “Fulxem” klubiga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Malum bo'lishicha, futbolchi mamlakatda ishlash uchun ruxsatnoma ololmagan. U angliyaliklar tomonidan sotib olish huquqi bilan ijaraga ko'zda tutilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Klyuyvert 2018 yilning yozida Niderlandiyaning "Ayaks" jamoasidan "Roma"ga o'tgan edi. Kichik Klyuyvert 2021/2022 yilgi mavsum ijara asosida Franciyaning "Nicca" klubida harakat qildi va u erda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar