Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun final o'yini bo'lib o'tadi
20 dek 2015 12:07
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun final o'yini bo'lib o'tadi
Bugun klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining g'olibi aniqlanadi.
Finalda Ispaniyaning "Barselona" va Argentinaning "River Pleyt" klublari to'qnash kelishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi. Uchrashuvni eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ayni paytda uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tmoqda. Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima" va Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klublari o'rtasidagi o'yinni SPORT telekanali orqali tomosha qilish mumkin.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati. FINAL
20 dekabr. 15:30 (SPORT TV LIVE)
"River Pleyt" - "Barselona"
Hakamlar: Alirizo Fag'oni, Rizo Suhandon, Muhammadrizo Mansuri (barchasi Eron), Neant Alium (Kamerun)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar