Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati. Bugun "Real Madrid" "Amerika" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2016
Bugun, 15 dekabr kuni Madridning "Real" klubi Yaponiyada klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi.
8 dekabrda boshlangan musobaqa 18 dekabrga qadar Yaponiyaning Osaka va Yokogama shaharlarida bo'lib o'tmoqda. Kecha dastlabki yarim finalda Kolumbiyaning "Atletiko Nasional" klubi sensacion tarzda musobaqa mezboni "Kashima Antlers" klubiga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

Bugun Yevropa chempioni hisoblangan Madridning "Real" klubi KONKAKAF mintaqasi chempioni Meksikaning "Amerika" klubi bilan final uchun kurash olib boradi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi.


Musobaqa ishtirokchilari:
Janubiy Amerika – Atletiko Nasional (Kolumbiya)
Yevropa – Real Madrid (Ispaniya)
Osiyo - Chonbuk Xyunday Motros (Janubiy Koreya)
Afrika – Mamelodi Saundauns (JAR)
Shimoliy Amerika - Amerika (Meksika)
Okeaniya – Oklend Siti (Yangi Zelandiya)
Mezbon – Kashima Antlers (Yaponiya)



Musobaqa taqvimi:
O'tish bosqichi
8 dekabr 15:30

“Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) 2:1

1/4 final
11 dekabr 12:00

1) "Chonbuk Xyunday Motors" (Janubiy Koreya) - “Amerika” (Meksika) 1:2

11 dekabr 15:30

2) "Mamelodi Saundauns" (JAR) – “Kashima Antlers" (Yaponiya) 0:2

Beshinchi o'rin uchun
14 dekabr 12:30

"Chonbuk Xyunday Motors" (Janubiy Koreya) - "Mamelodi Saundauns" (JAR) 4:1

Yarim final
14 dekabr 15:30

"Atletiko Nasional" (Kolumbiya) - “Kashima Antlers" (Yaponiya) 0:3

15 dekabr 15:30
“Amerika” (Meksika) - "Real Madrid" (Ispaniya)

Uchinchi o'rin uchun
18 dekabr 12:00

Yarim final 2 mag'lubi - "Atletiko Nasional" (Kolumbiya)

Final
18 dekabr 15:30

Yarim final 2 g'olibi - “Kashima Antlers" (Yaponiya)
 

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.



Mavzuga doir xabarlar:

"Real"ning Jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi e'lon qilindi

"Real" Yaponiyaga yetib bordi FOTO


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia