So’nggi yangiliklar

15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  10 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5

"Klub Fayzullaevga bugun qiziqib qolgani yo'q, skautlarimiz Toshkentga borib o'yinlarini tomosha qilgan" - CSKA murabbiyi Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi Yangiliklar

"Klub Fayzullaevga bugun qiziqib qolgani yo'q, skautlarimiz Toshkentga borib o'yinlarini tomosha qilgan" - CSKA murabbiyi Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi

O'zbekistonlik yuqori texnika sohibi, mahoratli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning CSKA jamoasiga yo'l olishi ko'pchilikda turli fikrlar uyg'otdi.

Bu borada CSKA o'rinbosarlari bosh murabbiyi Dmitriy Igdisamov bilan suhbatlashdik. Aslida Toshkentda tug'ilgan mutaxassis malum vaqtdan so'ng Rossiyaga ko'chib ketgan. Murabbiylik faoliyati davomida "Rubin", CSKA akademiyalarida mehnat qilgan. 

- Mendagi malumotlarga qaraganda yoshligingizda Aziz Haydarov, Aleksandr Lobanov bilan birga o'ynagan ekansiz. Aytingchi, bu qanday sodir bo'lgan?

- Ular bilan birga o'ynamaganman. Faqatgina  Aziz Haydarov, Aleksandr Lobanov to'p tepadigan jamoaga qarshi maydonga chiqqanman. Men "Sergeli" klubi tarbiyalanuvchi edim. Ular esa 1986 yillardan iborat "CHilonzor" sharafini himoya qilishardi. Turli musobaqalarda ko'p to'qnash kelar edik. Ochig'i qiziqarli va o'ziga yarasha qiyin bo'lardi, deya olaman. Ko'p hollarda ular bizdan ustun kelgan. Hozirgi murabbiylardan esa "Lokomotiv"da faoliyat olib borayotgan Denis Korostichenko esa jamoadoshim edi. 

- Demak, futbolga ilk qadamlar Toshkentda boshlangan?

- Ha, men Toshkentda tug'ilganman. Futboldagi birinchi qadamlar "Sergeli"da boshlangan. Murabbiyimiz Mahmudov Odil Botirovich. Bu erda 15 yoshgacha yashaganmiz. 2001 yil oilamiz bilan Tataristonga ko'chdik. 23 yoshimda Qozonda "Rubin"ga joylashdim. U erda 8 yil faoliyat olib bordim, deya olaman. Qaysidir manoda men uchun bu katta tajriba bo'ldi. CSKAda 5 yildan beri ishlab kelyapman. Ayni paytda o'rinbosarlar jamoasini boshqarmoqdaman. 

- Toshkentga so'nggi bor qachon keldingiz?

- Oxirgi tashrifim o'tgan yilning iyun oyiga to'g'ri keladi. Denis Vladimirovich Korostichenko bilan O'zbekiston-Iroq uchrashuviga tushdik. Hisob 2:2, muxlislar tomonidan toshlar uloqtirilgani yodimda. Aynan shu bahsda Denis menga Abbos haqida gapirgan, o'zbekistonlik Inesta, deb tarif bergan. Uni shu o'yinda ko'rgandim. Oradan bir yil o'tib CSKA bu iqtidorni sotib oldi. 

- CSKAning Abbosga qiziqishi ancha oldin boshlanganmi?

- Abbosga qiziqish Osiyo chempionati saralashidayoq boshlangan. skautlarimiz Toshkentga tashrif buyurib kuzatishgan. Jahon chempionatida ham o'yinlarini tomosha qilishgan. SHunday ekan Abbos masalasi bugun paydo bo'lib qolgani yo'q. 

- Abbosni CSKAda qanday kelajak kutyapti?

- Abbosda kerakli sifatlar bor. Maydonni ko'ra olish, texnika, chaqqonlik kabi xislatlari unga yordam berishi mumkin. Lekin aytganingizdek mushaklarni kuchaytirishi, jismoniy holatini yaxshilab olishi zarur. Rossiya chempionati darajasi O'zbekistonnikidan yuqori. Kuchga asoslangan futbol. Mana shu sifatlarni qo'sha olsa yaxshi kelajak kutmoqda.

- Eldor SHomurodovning "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tishida yangi darajaga olib chiqqan Karpinning hissasi katta edimi yoki o'zining individual sifatlari? Abbosda ham bu jarayonni ko'ramizmi?

- Bir narsa xursand qiladi, ko'plab o'zbekistonlik yosh futbolchilar Rossiya chempionatiga kelishmoqda. Tabiiyki chempionat saviyasi baland. Raqobat ham yuqori. "Rubin"da Rahmonaliev va Ashurmatov, "Pari NN"da Jiyanov va Yo'ldoev to'p tepyapti. CSKAda Abbos bor. Yanada kuchli Evropa klublariga yo'l olishida Rossiya trampolin bo'la oladi. Abbosga ham Eldorning yo'lini berishini tilab qolaman va omad tilayman. 

- Rossiya klublarining xalqaro maydonda ishtirok etmayotgani rivojlanishga to'sqinlik qilmaydimi?

- Buni to'siq demagan bo'lardim. Rossiya chempionati oldinga tashlangan qadam bo'lishi shubhasiz. Umid qilamanki, tez orada Rossiya jamoalari yana xalqaro maydonlarda ishtirok etadi. O'zbekistonlik futbolchilar ham Evropa klublari bilan o'ynashadi. 

- Baxtiyor Zaynutddinov haqida nima deya olasiz? U haqida bu yil ko'p mish-mishlar uchradi...

- Baxtiyor CSKAning etakchilaridan biri. Universal futbolchi. O'zining xarakteri bilan ijobiy manoda etibor qozonadi. O'zbekona madaniyatga xos doim qo'li ko'ksida. Kattalarga salom berishni kanda qilmaydi. 

- O'zbek futboli deganda tasavvuringizga keladigan 3ta shaxsni ayta olasizmi?

- Mirjalol Qosimov, Bahodir Seytkamolov, Aleksandr Lobanov. Mazur tutsangiz yana 2 nafar insonni qo'shsam. Ular Marat Kabaev va Andrey Fyodorov. Ikkisi bilan ham "Rubin"da ishlash nasib qilgan. Bahodir Seytkamlov o'z davrida munosib to'p tepgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика